Sönggi 11 oy davomida Toşkentdagi yölovçi transporti bilan boğliq YTH statistikasi oçiqlandi. Bu haqda «Toşşahartransxizmat» AJ hamda Toşkent şahar IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati YHXB bilan ötgan yiğilişda ma’lumot berildi.
Unga köra, salkam bir yil davomida avtobuslar bilan 94 ta yöl-transport hodisasi sodir bölgan, ularning 34 tasi avtobus haydovçilarining aybi bilan yuzaga kelgan.
Qayd etilişiça, yiğilişda mas’ullar tomonidan haydovçi, çiptaçilarga yölovçilar bilan xuşmuomalada bölişlari, yölovçi taşiş qoidalariga qat’iy amal qilişlari, harakat davomida telefondan foydalanmaslik böyiça körsatmalar berilgan.
Sönggi vaqtlarda poytaxtda yölovçi taşuvçi transportlar iştirokida tez-tez YTH sodir bölmoqda. Aksariyat hodisalar Toşkentga olib kelingan yangi avtobuslar bilan yuzaga kelmoqda.
Jumladan, 14 dekabr kuni Uçtepa tumanida Yutong rusumli elektrobus yöldagi muzlamada boşqaruvni yöqotib, yöl çetidagi simyoğoçga borib urilgandi.
29 noyabrda Yangihayot tumanida Mercedez-Benz rusumli avtobus yuk avtomobili bilan töqnaşgani sabab 3 nafar odam jarohatlangandi.
25 noyabrda esa Yunusobodda garmoşka avtobus va elektrobus töqnaşgandi. 20 noyabr kuni esa Olmazor tumanida yölning belgilanmagan qismidan yugurib kelgan erkakni avtobus urib yuborgandi. 11 noyabrning özida birdaniga 2 ta avtobus YTHga uçragandi.
















