Jahon | 17:37 / 27.12.2022
16899
5 daqiqa o‘qiladi

Zarbaga tayyorlanayotgan baxmutliklar, jangchilarni qutqarayotgan shifokorlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 306-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

Ukraina TIV Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi a’zoligidan chiqarilishi tashabbusi bilan chiqmoqchi. BMT ustavida hamon Rossiya tashkilot XK a’zosi sifatida ko‘rsatilmagan - buning o‘rniga SSSR nomi keltirilgan.

Saratov oblastidagi Engels aerodromida ukrainlar droni urib tushirildi. RF mudofaa vazirligi uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganini tasdiqlagan. Bu bir oy ichida ushbu aviabazaga uyushtirilgan ikkinchi dronlar hujumidir. Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovichning aytishicha, Ukraina qurolli kuchlari Engels aerodromiga zarba berish orqali rossiyalik harbiylarning 26 dekabr kuni Ukraina infratuzilmalarini o‘qqa tutish rejasini chippakka chiqargan.

Davlat dumasi xorijga ketgan rossiyaliklar o‘zini o‘zi ish bilan band qilgan fuqaro sifatida kam soliq to‘lashini taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Deputatlar shuningdek, xorijga ketgan tadbirkorlar uchun ham soliqlarni oshirmoqchi.

Putin Medvedevni RF harbiy-sanoat komissiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinladi. Ushbu lavozim RF Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari uchun maxsus tashkil etilgan.

Rossiyada Bellingcat rahbari, bolgariyalik jurnalist-surishtiruvchi Xristo Grozevga nisbatan Rossiya armiyasini obro‘sizlantiruvchi feyklar tarqatish holati bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Rossiya IIV uni qidiruvga berdi.

Ukrainada tinch aholini o‘ldirganini tan olgan rossiyalik harbiy Daniil Frolkin Rossiya armiyasi to‘g‘risida «feyk» ma’lumot tarqatishda ayblandi.

Baxmutda otishmalarga tayyorlanishmoqda

Baxmut aholisi vakillari otishmalar chog‘ida derazalar to‘kilib ketmasligi uchun do‘konlar oynalarini qum to‘ldirilgan qoplar bilan to‘sishmoqda. Rossiya Baxmut atrofida harbiy texnikalarining katta qismini to‘plagan va bu yo‘nalishga safarbar qilinganlar va Vagner a’zolarini tashlagan. Ammo Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti tahlilchilari hisoblashicha, Rossiya armiyasi o‘q-dori yetishmovchiligi va shaxsiy tarkibdagi ulkan yo‘qotishlar tufayli Baxmut hududidagi yurishni yuqori tempda davom ettirishi qiyin bo‘ladi. 
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmutdagi harbiy hospital

So‘nggi oylarda Baxmut atrofida shiddatli janglar kechmoqda va ko‘plab harbiylar yaralanmoqda. Quyida shifokorlar ularga qanday yordam ko‘rsatayotgani aks etgan suratlar.

Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain artilleriyachilari

Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Xerson atrofidagi qishloqlar aholisi hayoti

Posad-Pokrovskoye qishlog‘ida yashovchi Volodimir Kovalov uyini isitish uchun velosipedida shox-shabba tashiyapti. Rossiya qo‘shini Posad-Pokrovskoyeni mart oyi boshida egallagandi, ammo oy o‘rtalariga kelib Ukraina qurolli kuchlari qishloqni o‘z nazoratiga qaytaradi. Ukraina nashrlari yozishicha, Posad-Pokrovskoyeda birorta uy butun qolmagan. Ammo aholi baribir shu uylarga qaytmoqda. 
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Posad-Pokrovskoyeda yashovchi Tatyana Kovalova murabbo tayyorlamoqda
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Volodimir va Tatyana Kovalova suv ham, elektr ham bo‘lmagan uyi oldida
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Posad-Pokrovskoyedagi vayron bo‘lgan uy
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Posad-Pokrovskoye aholisi uchun o‘tin tarqatish jarayoni. TSN nashri yozishicha, urushga qadar ushbu qishloqda uch ming kishi yashagan — hozirda bu yerda 170 kishi qolgan
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid