O‘zbekiston | 18:30 / 28.12.2022
11328
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida Xalqaro savdo markazi ochildi

Yirik majmuani qurish uchun 75 million dollar sarflangan.

Foto: tolonews

27 dekabr kuni O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida joylashgan Termiz xalqaro savdo markazining birinchi qismi ochildi.

Savdo majmuasi rahbari Baxtiyor Ro‘ziyevning aytishicha, qo‘shma bozor ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Bozorda to‘rt ming do‘kon, sog‘liqni saqlash markazi, restoran, shuningdek, ishlab chiqarish va logistika uchun alohida maydonlar bor.

Savdo bozorining barcha qismlari qurib bitkazilishi bilan Afg‘oniston fuqarolari ushbu bozorga vizasiz kirib, o‘n kungacha bo‘lishi mumkin.

«Ushbu yirik loyihaga kamida 75 million dollar sarmoya kiritildi va Afg‘oniston va O‘zbekistondagi savdogarlar uchun katta imkoniyatlar yaratildi», dedi Ro‘ziyev.

Bozorning ikkinchi qismi 2023 yilning birinchi uch oyida savdogarlar uchun ochiladi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda kamida 10 ming afg‘on istiqomat qiladi va ularning aksariyati savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi.

Mavzuga oid