O‘zbekiston | 08:42 / 29.12.2022
5644
2 daqiqa o‘qiladi

“Avtosanoat agrolizing”: dastlabki bosqichda 305 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi

Foto: Avtosanoat agrolizing

Ta’kidlash lozim, “Avtosanoat agrolizing” kompaniyasi hozirda 2023 yilda texnika yetkazib berish bo‘yicha buyurtmanomalar qabul qilmoqda.

Qolaversa, hududlardagi yetakchi klasterlar hamda fermer xo‘jaliklari bilan jonli muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Maqsad, mamlakatimiz prezidentining 11 noyabr 2021 yildagi 7-sonli hamda 28 iyul 2022 yilda 335-sonli qarorlari asosida qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari uchun ajratilayotgan 2 turdagi subsidiyalar (texnika umumiy qiymatining 15 foizi davlat tomonidan subsidiya asosida mijozga qaytariladi hamda lizing foizining 10 foizdan yuqori qismi davlat tomonidan subsidiyalanadi) to‘g‘risida tushuncha berish, mazkur qaror asosidagi imtiyozlar bilan har bir klaster va fermer xo‘jaliklari vakillarini xabardor qilish.

Bundan tashqari, jamiyat faoliyati, lizing shartlari, qanday texnika va agregatlar uchun subsidiya va imtiyozlar qo‘llanadi, bugungi kundagi “UzAuto CV” tizimidagi korxonalarda mavjud texnikalar bo‘yicha tushunchalar berilmoqda.

Ayni shunday yig‘ilish va muzokaralar Namangan va Buxoro viloyatlari klaster vakillari, ilg‘or fermer xo‘jaliklari bilan tashkil etildi.

Klasterlar bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida umumiy qiymati 300 mlrd so‘mdan ortiq yuqori unumli texnikalarni lizing asosida yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Albatta bu 2023 yilda “Avtosanoat agrolizing” o‘z oldiga qo‘ygan ulkan maqsadlarining kichik namunasi hisoblanadi.

“Avtosanoat agrolizing” jamoasi mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlashda soha vakillari bilan samarali hamkorlikka tayyor!

Telefon: +998712071075

Telegram: @autosanoatagrolizing