Guaydo Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti lavozimidan chetlashtirildi
Xuan Guaydo hukumatini tarqatib yuborish va uning mamlakat muvaqqat prezidenti lavozimidan chetlatilishi uchun Venesuela parlamentining 72 deputati ovoz berdi, 29 nafari qarshi chiqdi, 8 nafari betaraf qoldi.
2018 yilgi prezidentlik saylovlari manipulyatsiyasiga qarshi namoyishlar chog‘ida Venesuela muxolifati yetakchisiga aylangan Xuan Guaydo 2023 yil 5 yanvardan boshlab muvaqqat prezidentlik lavozimidan chetlashtiriladi va uning hukumati tarqatib yuboriladi. 30 dekabr, juma kuni Venesuela parlamentining 72 deputati tashabbusning ikkinchi muhokamasi chog‘ida shunday qaror uchun ovoz berdi. 29 deputat qarshi chiqdi, sakkiz nafari betaraf qoldi.
Dastlab, Guaydo hukumatini tugatish to‘g‘risidagi qaror Venesuela parlamenti tomonidan 23 dekabr kuni qabul qilingan edi.
Venesueladagi muxolif siyosatchilar 2018 yilgi prezidentlik saylovlarini boykot qilishdi, natijada Nikolas Maduro o‘zini davlat rahbari deb e’lon qildi. 2019 yil 23 yanvar kuni o‘sha paytda Venesuela Milliy assambleyasi (parlamenti) raisi bo‘lgan Xuan Guaydo qasamyod qabul qilib, o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi.
Uni Maduroning iste’fosini talab qilib, mamlakat ko‘chalariga chiqqan o‘n minglab namoyishchilar qo‘llab-quvvatladi. Germaniya, AQSh va 50 dan ortiq davlat Guaydoni Venesuelaning muvaqqat prezidenti sifatida tan oldi.
Dunyoning o‘nlab davlatlari, jumladan, AQSh ham Venesueladagi saylovlarda manipulyatsiyalar haqida e’lon qildi. Tramp ma’muriyati Qo‘shma Shtatlar Venesuelada demokratiya o‘rnatish uchun iqtisodiy va diplomatik mexanizmlardan to‘liq foydalanayotganini aytdi. Shunga qaramay, Maduro harbiylar ko‘magiga tayanib, mamlakatda hokimiyatni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:37 / 24.10.2024
Saxarov mukofoti Venesuela demokratik harakati yetakchilariga berildi
21:35 / 15.10.2024
Maduro Ilon Maskni Venesuelada davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
23:16 / 19.09.2024