O‘zbekiston | 14:01 / 02.01.2023
11278
2 daqiqa o‘qiladi

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdi

Elchi universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Muhandislik yo‘nalishi talabalari uchun tashkil qilingan laboratoriyalar va muqobil energiya manbalarini olish maqsadida olib borilayotgan izlanishlar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Kim Xi Sang Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga bordi. Mehmonni universitet rektori Jonpo‘lat Xudoybergenov kutib oldi. Uchrashuvda elchiga Janubiy Koreya universitetlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari hamda “O‘zbekiston-Koreya” do‘stlik jamiyati faoliyati haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng elchi universitet talabalari uchun, “Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarning hoziri va kelajak istiqbollari” mavzusida taqdimot qildi. Talabalar taqdimotdan so‘ng Koreyada ta’lim, grant va qo‘shma dasturlarga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

“O‘zbekistondagi 16ta OTMda 3 mingga yaqin talabalar koreys tili va Koreya davlati haqida o‘rganishmoqda. Toshkent kimyo xalqaro universiteti ham namunali tarzda koreys tili kafedrasini yuritmoqda.

Bu yil O‘zbekiston va Koreya diplomatik aloqalarning 30 yilligini nishonlamoqda. O‘tgan davrdagi yutuqlarga tayanib kelgusi 30 yillik rejalar haqida izlanishimiz kerak deb o‘ylayman. Keyinchalik ham sog‘liqni saqlash, ta’lim, IT, davlat boshqaruvi va boshqa sohalarda hamkorlik yanada kengayib borishiga ishonamiz”, - dedi Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Kim Xi Sang.

Universitetning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Web-page: www.kiut.uz

Telegram: https://t.me/kiut_official

Facebook: https://www.facebook.com/kiut.uz

Instagram: https://instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal

Reklama

Mavzuga oid