Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Moskva-O‘zbekiston» mikroavtobusining sovuqda qolgan yo‘lovchilari qutqarildi
Nijniy Novgorod viloyatida 40 daraja sovuqda qolgan 19 nafar yo‘lovchi politsiya tomonidan qutqarildi.
Foto: vestinn.ru
10 yanvar kuni Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati, Navashinskiy tumanida «Moskva-O‘zbekiston» mikroavtobusi yo‘lovchilari politsiya xodimlari tomonidan qutqarib olindi, deb xabar berdi «Kommersant’» Nijniy Novgorod IIV boshqarmasiga tayanib.
Xabarga ko‘ra, mikroavtobus katta yo‘lda buzilib qolgan, uning salonida 19 kishi bo‘lgan. 40 daraja sovuqda qolgan yo‘lovchilar dispetcherlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘rashganidan so‘ng, YPX xodimlari tomonidan topilgan. Tuman hokimiyati jabrlanganlarni tashish uchun transport ajratgan, ular ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan.
Shu bilan birga, politsiya avtobus yo‘lovchilarining maqomiga oydinlik kiritish va ularning Rossiyada bo‘lishiga ruxsat beruvchi hujjatlarini tekshirishga qaror qilgan. Buzilgan mikroavtobus ta’mirlash uchun evakuatsiya qilingan.
Mavzuga oid
18:32 / 27.05.2026
2026 yilda ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi mamlakatlar e’lon qilindi
23:10 / 25.05.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 12 barobar oshirilishi kutilmoqda
11:12 / 22.05.2026
Ishsizlikdan biznes: Koreya va’dasi 90 mln dollarga tushdi
11:06 / 22.05.2026