O‘zbekiston | 13:16 / 01.02.2023
12768
2 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlarida kuchli yog‘ingarchilik kutilyapti

2023 yil 2-5 fevral kunlari A-373 Toshkent – O‘sh avtoyo‘li Qamchiq dovoni hududida va M-39 Toshkent - Shahrisabz - Termiz avtoyo‘li Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi kutilyapti.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ushbu hududlarda vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15 – 20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, joriy yil 2-6 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo harorati sezilarli o‘zgarishlari sababli respublika tog‘li hududlarida, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
  • Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal tumanlarida;
  • Toshkent viloyatining Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasi Chimyon tog‘larida;
  • Namangan viloyatining Pop tumanida;
  • Farg‘ona viloyatining So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilinadi.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Mavzuga oid