O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi qanday o‘zgardi?
Bolali oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar qamrovi 2017 yilga nisbatan 5 baravarga oshib, 2022 yilda davlat budjetidan 11 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. Hozirda bolalar nafaqasi oluvchi oilalar soni 2 mln 177 mingtani tashkil etadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash bo‘yicha bir qancha qo‘shimcha choralar ko‘rildi.
2021 yil sentabr oyidan boshlab, UNISEF bilan hamkorlikda, bolali kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar to‘lash miqdori, muddatlari va tartibi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi:
a) bolali oilalar uchun nafaqa miqdori bolalar soniga qarab oshirildi:
- bir bolali oilalarga 1,7 baravarga yoki 144 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha (uch yoshgacha — 325 ming so‘m);
- ikki bolali oilalarga 1,7 baravarga yoki 239 ming so‘mdan 400 ming so‘mgacha (eng kichigi 3 yoshga to‘lmagan bo‘lsa – 475 ming so‘m);
- uch bolali oilalarga 1,5 baravarga yoki 334 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha (eng kichigi 3 yoshga to‘lmagan bo‘lsa – 575 ming so‘m);
- to‘rt yoki undan ortiq bolali oilalarda har bir keyingi bola uchun 100 ming so‘m (2021 yil sentabrgacha uch yoki undan ortiq bolali oilalar uchun belgilangan miqdor).
b) bolalarning nafaqa olish yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi;
d) nafaqa to‘lash muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytirildi.
2021 yildan boshlab bolali oilalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlashda manzillilikni oshirish va shaffoflikni ta’minlash, sub’yektiv omillarni kamaytirish maqsadida respublika bo‘ylab UNISEF’ning bevosita ishtirokida ishlab chiqilgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi joriy etildi. Bu qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilmasdan, 17 ta vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari bilan elektron aloqada bo‘lish orqali 70 dan ortiq turdagi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishni ta’minlashga imkon berdi.
Natijada, bolali oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar qamrovi 2017 yilga nisbatan 5 baravarga oshdi.
Hozirgi vaqtda bolalar nafaqasini oluvchilar soni 2 mln 177 ming oilani yoki oilalar umumiy sonining 23,1 foizini tashkil etadi (18 yoshgacha bo‘lgan 5 mln 5 ming bola yoki ularning umumiy sonining 42,7 foizi). Har bir oila uchun o‘rtacha yillik hisobda to‘lovlar miqdori har bir bola uchun 5 mln 545 ming so‘m (491 dollar) yoki 2 mln 414 ming so‘m (214 dollar)ni tashkil etadi. Nafaqa oladigan oilalardagi bolalarning o‘rtacha soni - 2,3 bola.
Shuni ta’kidlash kerakki, jahon amaliyoti (Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur va boshqalar) ko‘rsatganidek, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining samarali yo‘nalishlaridan biri bu inson kapitalini rivojlantirishga sarmoya kiritishdir.
Shu jihatdan, 2022 yildan boshlab barcha maktab o‘quvchilariga darsliklarni bepul taqdim etish tartibi joriy etildi. Shuningdek, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati maktablarida 1-4-sinf o‘quvchilariga bepul ovqat beriladi va 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab ushbu amaliyot butun respublika bo‘ylab joriy etiladi.
Mavzuga oid
17:32 / 26.10.2024
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlari uchun bir martalik kompensatsiya beriladi
17:57 / 12.10.2024
Ayollar uchun xavfsiz boshpana – reabilitatsiya markazlari qanday ishlaydi?
21:01 / 23.09.2024
Odamlarning 1 foizi deyarli barcha aholidan boyroq ekani ma’lum bo‘ldi
23:10 / 22.09.2024