Jahon | 07:32 / 27.02.2023
22022
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonda ikkita zilzila sodir bo‘ldi
Qirg‘izistonda 4,4 va 4,3 magnitudali ikkita zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
27 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:42 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 42 gradus shimoliy kenglik; 79,7 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 875 km shimoli-sharqda.
Bundan tashqari, Toshkent vaqti bilan soat 04:58 da Qirg‘izistonda yana bir zilzila sodir bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari: 41,72 gradus shimoliy kenglik; 74,64 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,3. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 454 km shimoli-sharqda.
Mavzuga oid
09:55
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
20:32 / 24.09.2024
Qirg‘izistonda Asqar Akayevga sobiq prezident maqomini qaytarish rad etildi
18:49 / 20.09.2024
Qirg‘izistonda korrupsionerlar va ularning qarindoshlariga davlat lavozimida ishlash taqiqlanadi
22:04 / 16.09.2024