Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
“Qambarota GES-1” Markaziy Osiyodagi yirik strategik loyiha bo‘lib, Qirg‘iziston hududidagi Norin daryosida quvvati 1880 MVt bo‘lgan zamonaviy gidroelektr stansiyasini barpo etishni nazarda tutadi.
Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Energetika vazirliklari o‘rtasida “Qambarota GES-1” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan hukumatlararo bitim loyihasini muhokama qilish bo‘yicha navbatdagi muzokaralar tashkil etildi.
Muzokaralarda ikki mamlakatning tegishli davlat organlari va tarmoq tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Jahon banki vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hukumatlararo bitim loyihasi qoidalarini kelishish yuzasidan yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
“Qambarota GES-1” Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish va energetika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi yirik strategik loyiha bo‘lib, Qirg‘iziston hududidagi Norin daryosida quvvati 1880 MVt bo‘lgan zamonaviy gidroelektr stansiyasini barpo etishni nazarda tutadi.


Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026