8 mart kuniga ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 8 mart, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi, 12–15 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +17...+19 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda 22–25 metr/soniyagacha yetishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi 15...+20 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarida 22–25 metr/soniyagacha yetishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat +7...+12 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +1...+6 daraja, kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024