Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stipendiyalar va kontrakt to‘lovlari miqdori oshmaydi
Prezident tomonidan imzolangan farmonda ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilishi belgilangan.
Prezident farmoni bilan faqat budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshyapti.
Ammo, talabalarning stipendiyalari oshgani yo‘q, bu haqda farmonda hech narsa deyilmagan. Shuningdek, kontrakt to‘lovlari miqdori ham oshmagan. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev izoh berdi.
«Aslida qoidaga ko‘ra, talabalarning to‘lov-kontraktlari ham oshishi kerak, chunki bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘lab qo‘yilgan. Ya’ni qoida bo‘yicha mehnatga haq to‘lash miqdori oshganda kontraktlar ham oshadi», deb yozdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada xulosaga biroz shoshmagan ma’qul. Sababi pandemiyadan keyin bir necha yildan buyon kontraktlar miqdori oshirilmayapti, eski holicha turibdi. Mehnatga haq to‘lash miqdori bir necha bor oshgan bo‘lsa-da, kontraktlar oshirilmadi.
«Yana ham bu bo‘yicha sohaga mas’ullar rasmiy aniqlik kiritgani maqsadga muvofiq», deb yakunladi Xudoyberdiyev.
Mavzuga oid
17:44 / 25.05.2026
Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
09:22 / 15.05.2026
Pedagoglar farzandlari uchun kontraktga 30 foizlik chegirma berilishi mumkin
08:51 / 07.03.2026
Ayrim talaba-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan qoplab beriladi
10:43 / 17.02.2026