Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim talaba-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan qoplab beriladi
Yangi o‘quv yilidan boshlab ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi ikki barobar oshirilib, 4 mingtaga yetkaziladi. Shuningdek, ayrim talaba-qizlarning kontrakt puli ham davlat tomonidan to‘lab beriladi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun ajratiladigan davlat granti kvotasi ikki barobar oshirilib, 4 mingtaga yetkazilishi belgilandi.
Shu bilan birga, dunyodagi top-300 talikdagi oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba-qizlarning kontrakt to‘lovlari ham davlat tomonidan qoplab beriladi.
Xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida esa har yili kamida 10 ta yo‘nalish bo‘yicha startap tanlovlari o‘tkaziladi. Har bir yo‘nalish g‘olibiga Innovatsiya jamg‘armasidan 500 million so‘mgacha grant ajratiladi.
Shuningdek, maktabning 11-sinfini bitirib, davlat texnikumlariga o‘qishga kirgan qizlarni kasbga o‘qitish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
17:44 / 25.05.2026
Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
09:22 / 15.05.2026
Pedagoglar farzandlari uchun kontraktga 30 foizlik chegirma berilishi mumkin
08:45 / 27.01.2026
1 fevraldan kambag‘al oilalar talabalariga kontrakt uchun davlat yordami beriladi
19:58 / 30.12.2025