Sport | 17:40 / 29.03.2023
27698
2 daqiqa o‘qiladi

Javohir Sindarov «Rustam Qosimjonov xalqaro turniri» g‘olibi bo‘ldi

Toshkentda sovrin jamg‘armasi 70 ming dollar bo‘lgan xalqaro turnir yakunlandi.

Foto: Uzbekistan Chess Federation

Iste’dodli shaxmatchi Javohir Sindarov 6,5 ochko jamg‘argan holda O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan «Rustam Qosimjonov xalqaro turniri»ning «Masters» guruhida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Eronlik shaxmatchi Parxam Maqsudlu 6 ochko bilan 2-o‘rinni, o‘zbekistonlik Shamsiddin Vohidov 5 ochko jamg‘argan holda uchlikka yakun yasadi.

Ushbu guruhda g‘oliblikka asosiy da’vogar sanalgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov kuchli beshlikdan o‘rin oldi.

Xalqaro turnirning «Chellenjyer» guruhida o‘zbekistonlik Ortiq Ne’matov va serbiyalik Aleksandar Injich 6,5 ochkoga ega bo‘lishdi. Ammo, koeffisentlar evaziga serbiyalik shaxmatchi 1-o‘rinni, hamyurtimiz 2-o‘rinni egalladi.

Rustam Qosimjonov o‘zbek shaxmati tarixidagi eng nomdor sportchi sanaladi. U xalqaro grossmeyster, 2004 yilda FIDe talqini bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan. Uning nomi bilan atalgan turnir O‘zbekistonda birinchi marta o‘tkazildi. Musobaqa sovrin jamg‘armasi 70 ming dollarni tashkil etdi.

Mavzuga oid