SES sohasida kadrlarni qayta tayyorlash markazi tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasining “Canitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi huzurida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etiladi.
Quyidagilar markazning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida zamonaviy metodikalardan foydalangan holda oliy ta’lim muassasalarining sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha umumta’lim dasturlar, o‘quv-metodik va normativ materiallarni ishlab chiqish;
- umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablari, o‘qitishning zamonaviy shakllari, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalari asosida sanitariya-epidemiologiya sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- tegishli yo‘nalishlarning o‘quv dasturiga mos holda ishlab chiqilgan o‘quv-metodik resurslar asosida masofadan o‘qitishning onlayn va offlayn shakllarida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
- malaka oshirishning ta’lim jarayoni sifati va natijalarini tizimli tahlil qilish, monitoringini olib borish;
- biologik xavfsizlik sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash va mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, shu jumladan toksikolog, profpatolog, epidemiolog, bakteriolog, virusolog, parazitolog, entomolog va epizootolog kabi mutaxassislarni tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish va nufuzini oshirish;
- biologik jihatdan xavfli obektlardan foydalanishda biologik xavfsizlikni ta’minlash uchun kadrlar, shu jumladan ma’muriy-texnik xodimlarni tayyorlash darajasini oshirish;
- biologik xavflarni tahlil qilish, xavflarni boshqarish texnologiyalarini qo‘llash kabi yo‘nalishlarda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
- idoralararo hamkorlik qilish, shu jumladan biologik tusga ega favqulodda holatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mashqlar va mashg‘ulotlarni o‘tkazish;
- sanitariya-gigiyenik faoliyatning samaradorligini oshirish, sanitariya-epidemiologiya institutlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish;
- xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
- markazda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha parametrlarini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishilgan xolda tasdiqlash.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Balida sig‘imi 1 litrdan kichik suv idishlarni ishlab chiqarish taqiqlandi
Jahon | 01:03
-
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video
Sport | 00:48
-
Qozog‘iston uzra noma’lum obektlar. Mudofaa vazirligi bayonot berdi
Jahon | 00:15
-
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi
Sport | 23:38 / 05.06.2025
Mavzuga oid

13:58 / 03.02.2025
Dohada Vatandoshlar markazini tuzishga kelishib olindi

11:41 / 02.09.2024
O‘zbekiston YuNESKOning xalqaro tadqiqot markaziga a’zo bo‘ldi

13:52 / 09.08.2024
O‘zbekistonda xalqaro tayanch inklyuziv professional ta’lim markazi tashkil etiladi

09:48 / 13.10.2023