Germaniyaning Gettingen universiteti va Buyuk Britaniyaning Edinburg universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot şuni körsatdiki, dunyodagi 186 mamlakatdan faqat bittasi taşqi yordamsiz özini barça asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaşga qodir. Bu Janubiy Amerikaning şimoli-şarqidagi bir milliondan kam aholiga ega bölgan kiçik Gayana davlati bölib çiqdi. Bu haqda Science Alert xabar berdi.
Tadqiqot mualliflari yettita asosiy oziq-ovqat guruhi böyiça qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş hajmini tahlil qildi: meva, sabzavot, sut mahsulotlari, baliq, göşt, dukkaklilar (şu jumladan, yonğoqlar va uruğlar), kraxmalli ekinlar (masalan, kartoşka).
Ma’lum bölişiça, Gayana bu toifalarning barçasi böyiça özini-özi töliq ta’minlovçi yagona davlatdir. Unga eng yaqin bölganlari Xitoy va Vetnam bölib, yettita guruhdan oltitasida içki ehtiyojlarni qoplay oladi.
Şu bilan birga, dunyodagi faqat har yettinçi mamlakatda kamida beşta toifada yetarli miqdorda oziq-ovqat işlab çiqariladi, jumladan, Özbekistonda ham (meva, sabzavot, sut, göşt, kraxmalli mahsulotlar).
Davlatlarning 1/3 qismidan köproği atigi bir yoki ikki guruh mahsulot bilan özini töliq ta’minlaydi. Oltita davlat - Afğoniston, BAA, Iroq, Makao, Qatar va Yamanda özini ta’minlay oladigan oziq-ovqat mahsulotlari yetarli emas.
Özbekistonda baliq va dukkaklilar (şu jumladan, yonğoqlar va uruğlar) bilan özini töliq ta’minlaşda muammolar borligi qayd etilgan.
Mualliflarning ta’kidlaşiça, hatto iqtisodiy ittifoqlarda ham manzara öxşaşligiça qolmoqda. Masalan, Fors körfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengaşi özini faqat göşt bilan ta’minlaydi. Ğarbiy Afrika va Karib dengizidagi uyuşmalar faqat ikkita toifada yetarli mahsulot işlab çiqaradi. Va heç bir ittifoq özini sabzavot bilan töliq ta’minlay olmaydi.

Böşliqni töldirişning asosiy yöli xalqaro savdo bölib qolmoqda, ammo bunda ham zaiflik bor: köplab mamlakatlar yagona import hamkoriga boğlanib qolgan. Bu ularni ta’minotdagi uzilişlar va siyosiy mojarolarga ayniqsa zaif qiladi.
Tadqiqotçilar ta’kidlaganidek, nafaqat xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, balki savdo aloqalarini kengaytiriş ham muhim. Bu barqaror oziq-ovqat tizimlarini quriş va uzoq muddatda aholi salomatligini ta’minlaş uçun zarur.

















