Toshkentda “AgroInsurance 2023” II xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
25 mart kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “AgroInsurance 2023” II xalqaro konferensiyasida iqlim o‘zgarishining O‘zbekiston agrobiznesiga ta’siri muhokama qilindi.
Tabiiy ofatlar mamlakatimiz qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetkazishda davom etmoqda. Uzoq muddatli qurg‘oqchilik, sovuq ob-havo sharoiti, zararkunandalarning hujumi mahalliy fermerlar uchun halokatli hosil yo‘qotishlariga olib keladi. Bu esa mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
"Semurg Insurance" sug‘urta kompaniyasi va Paxta-to‘qimachilik klasterlari assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida “AgroInsurance 2023” konferensiyasi tashkil qilindi. Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad iqlimning halokatli o‘zgarishi sharoitida mahalliy agrobiznesni rivojlantirish yo‘llarini belgilab olishdan iborat bo‘ldi. Zero, O‘zbekistonda ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari ichida aynan qishloq xo‘jaligi ekstremal ob-havo sharoiti va tabiiy ofatlar tufayli eng katta xavf-xatarga duchor bo‘lmoqda.
So‘zga chiqqan soha vakillari va olimlar zararkunandalarga qarshi kurashish, tuproq unumdorligini tiklash va hosil sug‘orishni innovatsion usullari haqida o‘z tajribalarini bo‘lishishdi.
"Semurg Insurance" sug‘urta kompaniyasi vakillari hosilni sug‘urtalash fermerlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri pul kompensatsiyasini olish imkonini berishi, bu esa hosil nobud bo‘lgan holatlarda agrobiznesni bir maromda ushlab qolish yoki tiklashga yordam berishi, xalqaro tashkilotlar vakillari esa, xalqaro jamg‘armalardan sug‘urta uchun subsidiyalar olish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, kompaniya mutaxassislari qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun moliyalashtirish manbalaridan foydalanishda bo‘lajak hosilni garov sifatida taqdim etish va uni sug‘urtalash bo‘yicha keng qo‘llanayotgan xorijiy amaliyotning joriy etilishi o‘zbek fermerlari uchun qanday qulayliklar yaratishi haqida ma’lumot berishdi.
"Semurg Insurance" kompaniyasi vakillari bunday dastur nafaqat mavsumiy ishlarni bajarish uchun, balki ekin maydonlari va jihozlarini ko‘paytirish uchun ham moliyalashtirish manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Shunga qaramay, talab qilinadigan yagona garov - bu sug‘urtalangan bo‘lg‘usi hosil ekanligini tushuntirishdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi, shuningdek,Biz Network, eng yirik xalqaro qayta sug‘urtalash kompaniyalari "Swiss Re", "Europa Re" ko‘magida o‘tkazilgan “AgroInsurance 2023” ikkinchi xalqaro konferensiyasi — mamlakatimizda agrosug‘urta sohasini kompleks rivojlantirish uchun qo‘yilgan muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
"Semurg Insurance" kompaniyasi xalqaro hamkorlar va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida bundan buyon ham yurtimiz qishloq xo‘jaligining barqaror rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan ishonchli agrosug‘urta dasturlarini rivojlantirishga tayyor.
Aloqa uchun:
Telefon: 1251
Sayt: http://bit.ly/3zbCjf5
Telegram: http://bit.ly/42KMeQ
Reklama