O‘zbekiston | 09:57 / 15.04.2023
7190
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiqda yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan DAF yonib ketdi

Qamchiq dovonida DAF yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

15 aprel kuni soat 02:48 larda Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining 225-kilometri, "Qo‘shminor" MFY hududida harakatlangan, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan DAF rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotgan.

Qayd etilishicha, u o‘rta temir to‘siqqa urilib, yo‘l transport hodisasi sodir etishi natijasida avtomashinada yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in natijasida avtomashina va uni yukxonasi to‘liq yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Sodir bo‘lgan yong‘in Qamchiq Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in qutqaruv ekipajlari tomonidan soat 03:20 da to‘liq o‘chirilgan.

Mavzuga oid