O‘zbekiston | 18:40 / 28.04.2023
9491
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari tayyorlandi

Loyiha 3-5 milliard dollarga baholanmoqda.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning 17-19 may kunlari Pekinga tashrifi chog‘ida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasining moliyaviy modeli tasdiqlanadi.

Bu haqda «Ata Jurt» parlament fraksiyasi va «Mekenchil» deputatlar guruhining qo‘shma yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari tayyor, uni moslashtirish ishlari olib borilmoqda.

«Ma’lumki, Qozarmangacha temir yo‘l tor bo‘ladi, keyin kengaytiriladi. U temir yo‘lning O‘zbekiston qismiga ulanadi. Loyihaning qiymati 3-5 milliard dollarga baholanmoqda. Birgina Qirg‘iziston hududida 57 ta tunnel quriladi», dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 14 sentabr kuni O‘zbekiston Transport vazirligi, Qirg‘iziston Transport va kommunikatsiyalar vazirligi hamda Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi o‘rtasida «Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha uch tomonlama anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Mavzuga oid