O‘zbekiston | 14:54 / 27.05.2023
81296
2 daqiqa o‘qiladi

Telejurnalist Nozima Mahmudova 31 yoshda vafot etdi

Foto: Facebook

“Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr” dasturi teleboshlovchisi, jurnalist Nozima Mahmudova vafot etdi. Bu haqda jurnalistlar Navbahor Karimova va Dilobar Yoqubova Facebook'dagi sahifalarida xabar berishgan.

Nozima Mahmudova kecha, 26 may kuni rejali yurak operatsiyasini boshdan kechirgan, ammo operatsiyadan omon chiqmagan.

31 yoshda bo‘lgan Mahmudova O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili filologiyasi fakultetida tahsil olib, bakalavr va magistr diplomini olgan.

Jurnalistikadagi faoliyatini 2013 yildan boshlagan N.Mahmudova hozirga qadar «Toshkent», «O‘zbekiston 24», «Sevimli», «Yoshlar» telekanallarida faoliyat yuritgan. Televideniyedagi faoliyati bilan bir qatorda u so‘nggi paytda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazi davlat muassasasi Axborot-tahlil multimedia bo‘limi yetakchi mutaxassisi sifatida ishlab kelgan.

Nozima Mahmudova bir o‘g‘ilning onasi edi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Nozima Mahmudovaning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.