O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Cho‘lponota shahriga keldi.
![](https://storage.kun.uz/source/9/W_dXjvvEA0dkg6pJuEUElUQ7vc17Ee1e.jpg)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Aeroportda davlat rahbarini Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi raisi - prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun Cho‘lponotada ikkinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi.
Uning kun tartibidan mintaqa mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari o‘rin olgan.