Iqtisodiyot | 13:03 / 05.06.2023
35626
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekistonning 3 hududida logistika markazi qurmoqchi

Joriy yilning 1 iyun kuni transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev Xitoyning Taitong International kompaniyasi boshqaruvi raisi Chu Syuan janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar mamlakat transport sektoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi bilan bog‘lovchi xalqaro transport yo‘laklari jozibadorligini oshirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan fikr almashdi.

Xorijiy kompaniya rahbari mamlakatning Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida logistika markazlarini barpo etish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, Taitong International rahbari transport logistika kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish niyatida ekanini ma’lum qildi

Mavzuga oid