O‘zbekiston | 18:05 / 12.06.2023
13609
3 daqiqa o‘qiladi

Bestune Hongqi - navbatda turmasdan avtomobil olish uchun avtosalonni to‘g‘ri tanlang!

Bestune avtosalonida Xitoyning Bestune Hongqi, Dongfeng va Jetour brendlarining hamyonbop avtomobillaridan tortib premium toifadagi turlarigacha topasiz. Ochilganiga 4 yil to‘lgan avtosalon 10 000 dan ortiq xaridorlarga avtomobil yetkazib berdi.

Ayni paytda avtosalonda Xitoyning yetakchi Bestune Hongqi, Dongfeng va Jetour brendlarining 30 dan ortiq modelini xarid qilish mumkin.

Bestune avtosaloni o‘tgan 4 yil mobaynida xaridorlarga 10 000 dan ortiq avtomobillarni yetkazib berdi.

Foizsiz muddatli to‘lov bilan avtomobilli bo‘lish imkoniyati

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida avtosalonda bank xizmatlari joriy qilingan – pul to‘lash, muddatli to‘lov uchun barcha hujjatlar shu yerning o‘zida amalga oshiriladi.

Muddatli to‘lov xizmati orqali xaridorlar istalgan avtomobilning:

-        40 foizini to‘laganda 12 oyga;

-        60 foizini to‘laganda 18 oyga;

-        70 foizini to‘laganda 24 oyga foizsiz muddatli to‘lov asosida xarid qilish imkoniyati yaratilgan.

Bunda avtomobil to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqaroning nomiga rasmiylashtiriladi.

Avtosalon katalogida ko‘rsatilgan avtomobillarning barchasi joriy holatda mavjud. Tanlangan avtomobilni test-drayvda sinab ko‘rib, pul to‘lagach bir soat ichida avtomobilni olib ketish mumkin.

3 yildan 5 yilgacha kafolat beriladi

Talabgorlar ko‘payganini e’tiborga olgan holda endilikda gibrid avtomobillar sotuvi ham yo‘lga qo‘yildi. Barcha turdagi avtomobillar uchun servis xizmati va ehtiyot qismlar mavjud. Sotib olingan avtomobil turiga qarab 3 yildan 5 yilgacha kafolat muddati taqdim etiladi. Bu davrda avtomobillar bepul texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ya’ni, avtomobilning dvigatelida, uzatmalar qutisida yoki elektron tizimda texnik muammolar aniqlansa bepul xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Mijozlarda ehtiyot qismlarga ehtiyoj paydo bo‘lgan vaziyatlarda kutib qolishning oldini olish maqsadida avtosalonning bir qavati ehtiyot qismlar uchun omborxonaga aylantirilgan.

Siz izlagan avtomobil: qulaylik, komfort, hashamat va takrorlanmas dizayn – barchasi jamlangan.

Avtosalon filiallari hozirda: Andijon, Namangan, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Jizzax viloyatlarida faoliyat yuritmoqda. Toshkent shahrining o‘zida 5 ta filial xaridorlarga xizmat ko‘rsatadi.

2023 yil yakuniga qadar barcha viloyatlarda rasmiy servis markazlari va shourumlar ochilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: +998 91 033 03 03, +998 78 113 13 78

Instagram'da yangiliklardan boxabar bo‘ling.

Facebook'da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.

Reklama