O‘zbekiston | 18:55 / 14.06.2023
9494
4 daqiqa o‘qiladi

AQLVOY telekanali Warner va Universal bilan muzokaralar olib bormoqda

Foto: AQLVOY

Yaqinda bo‘lib o‘tgan VI “Yil brendi-2022” mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimida AQLVOY telekanallar reytingida ham, Marketing Assotsiatsiyasi ekspertlari tanlovida ham iste’molchilarning ochiq ovoz berish natijalari bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Bir necha yil ichida erishilgan ajoyib muvaffaqiyat, birinchi navbatda, kontentda ijodiy va puxta o‘ylangan yondashuv bilan bog‘liq.

Telekanal bosh direktori Vela Fidelning so‘zlariga ko‘ra, “AQLVOY – shunchaki telekanal emas, bu bolalar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan, kichkintoylarni ruhlantirib, ularning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beradigan butun bir dunyodir”. O‘sish va rivojlanishni AQLVOY falsafasi deb hisoblash mumkin, u “Bu sening vaqting” shiori ostida yosh tomoshabinlar uchun noyob va qiziqarli o‘yin-kulgilarni taklif qiladi.

Kanalning bir kunlik auditoriyasi 1 millionga yaqin tomoshabinni tashkil etadi, AQLVOY faoliyatining ilk kunidan boshlab shu kungacha respublikaning eng yaxshi 5 ta kanalidan joy olgan. AQLVOY nimasi bilan ajralib turadi? U bolalarning tasavvurini rivojlantirishni rag‘batlantiradigan, ijodiy fikrlashni kuchaytiradigan va bolalarga yangi bilimlarni o‘rganishga yordam beradigan keng ko‘lamli dasturlarni taklif etadi. Kanal brendini shakllantirishda ham uning efir dizayni, ilmiy yondashuvdan foydalanilgan va yangi avlodni idrok etishning o‘ziga xos jihatlari inobatga olingan. Ekran bezagi, logotipi – “kattalar” nazarida futuristik va juda g‘ayrioddiy ko‘rinadi – bolalar tomonidan esa ajoyib tarzda qabul qilingan. Qahramonlarning o‘zlari (avtobus va robot) bolalar bog‘chalarida fokus-guruh so‘rovlari asosida ishlab chiqilgan. 

Va, albatta, kontent: AQLVOY Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi dunyoga mashhur studiyalar tomonidan yaratilgan bugungi kungacha eng yaxshi animatsion serial va dasturlarni efirga uzatadi. Ayni paytda AQLVOY bolalar telekanali va Pramount/Viacom, Sony, Riki, Melnitsa animatsion studiyalari o‘rtasida rasmiy litsenziya shartnomasi imzolangan bo‘lib, Warner va Universal kompaniyalari bilan animatsiya paketini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Birgina 2022 yil davomida kanalda Smeshariki, Yenotiki, Monkart, Prostokvashino, Fiksiki va boshqa 80 dan ortiq nomdagi multfilmlar va animatsion seriallar namoyish etildi. Kuzda dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida moslashtirilgan va namoyish etilgan mashhur “Sesame Street” franshizasi namoyish etildi”. Lisenziyalangan xarid qilingan kontentdan tashqari, telekanalda maktabgacha ta’lim sohasidagi so‘nggi uslubiy ishlanmalarni hisobga olgan holda tayyorlangan o‘z ishlab chiqarish dasturlari: “Bilasanmi”, “Quvnoqvoy”, “Bilimdon”, “Yeli va Bob”, “Shum Bolaning sarguzashtlari” va “Sehrli ingliz tili” dasturlari taqdim etiladi. Telekanal jamoasi doimiy ravishda bolaning shaxsiyatini rivojlantirish va uning salohiyatini ochishga qaratilgan yangi va qiziqarli kontent yaratish ustida ishlamoqda. Axir, “Har kuni yangi narsalarni o‘rgan. Oson o‘rgan va zavqlan!” kanalning asosiy shioridir.

Reklama