O‘zbekiston | 07:20 / 16.06.2023
21712
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Lasetti» haydovchisi «Isuzu» avtobusi bilan to‘qnashuv oqibatida vafot etdi 

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning 15 iyun kuni soat 08:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Sultoniya ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1978 yilda tug‘ilgan I.S. boshqaruvida bo‘lgan «Isuzu» rusumli avtobus hamda 1991 yilda tug‘ilgan I.M. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

YTH oqibatida «Lasetti» avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan u vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid