14:02 / 17.06.2023
7149

Reuters: Stoltenbergdan yana bir yil NATO rahbari bo‘lib qolish so‘ralishi mumkin

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg o‘z lavozimida yana bir yil qolishi mumkin, deya xabar bermoqda Reuters manbaga tayanib. 

Foto: Reuters

To‘qqiz yil davomida alyans bosh kotibi bo‘lib ishlagan va sentabr oxirida o‘z lavozimini tark etishi kerak bo‘lgan Stoltenberg NATOda kuchli qo‘llab-quvvatlanadi va samarali yetakchi bo‘lib qolmoqda, dedi agentlik manbasi. 

«Bayden ma’muriyati Stoltenbergni yana bir yil qolish g‘oyasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda alyans ichida uning o‘rnini bosish bo‘yicha konsensus mavjud emasdek ko‘rinadi», — dedi u. 

Avvalroq Stoltenberg NATO mudofaa vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishidan so‘ng alyans rahbari sifatida o‘z vakolatlarini uzaytirishga «intilmayotganini» aytgan edi. 

Stoltenberg 2014 yil 1 oktyabrdan beri bosh kotib lavozimini egallab kelmoqda. Uning bu lavozimdagi mandati 2022 yil 1 oktyabrda tugadi, biroq 2022 yil martida alyans mamlakatlari rahbarlari sammit chog‘ida uning vakolatini 2023 yil 30 sentabrgacha uzaytirishga qaror qildi.

Mavzuga oid
Top