Jahon | 15:59 / 09.07.2023
22590
12 daqiqa o‘qiladi

Belarusda vagnerchilar kelishi kutilayotgan lager va Lvivda kutib olingan azovchilar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 500-kuni o‘tdi: Asosiy xabarlar

  • 8 iyul tongida Rossiya qo‘shini Limanni o‘qqa tutdi — bu Donetsk oblastining Kramatorsk rayonidagi shahar. Hududiy prokuratura xabariga ko‘ra, shaharga kassetali o‘q-dorilar bilan zarba berilgan. Ukraina hukumatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 12 kishi yaralangan. Xususiy uy, do‘kon va beshta yengil mashina shikastlangan.
  • Urushning 500-kuni munosabati bilan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Zmiyniy orolidan videomurojaat yo‘lladi. Bu hududni Rossiya keng ko‘lamli urushning ilk kunida egallab olgandi, ammo 2022 yil yozida Ukraina tomoni orol ustidan nazoratni qaytarib oldi. Murojaatda Zelenskiy «Ukraina uchun kurashayotgan barchaga» minnatdorchilik bildirdi. 
  • AQSh Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berishini e’lon qildi. Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov mamlakat ulardan mamlakatning «faqat xalqaro tan olingan hududlarini deokkupatsiya qilishda ishlatilishi»ni va’da qildi. Rossiya TIVdagilar hisoblashicha, AQShning bu qarori «mojaroni maksimal darajada cho‘zish»ga qaratilgan. 
  • «Azovstal» mudofaasiga rahbarlik qilgan besh komandir Turkiyadan Ukrainaga qaytarildi. Kreml Anqara va Kiyevni kelishuvni buzishda aybladi. Rossiya hukumati asirlarni almashuv shartiga ko‘ra, komandirlar urush oxiriga qadar Turkiyada qolishi kerak bo‘lganini eslatgan.
  • Rossiya va Belarusdan bo‘lgan 500 nafardan ortiq sportchilar Xitoyning Hangchjou shahridagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu turnir ularga Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olish imkonini beradi. Rossiya va Belarusdan bo‘lgan sportchilar musobaqalarda betaraf tomon sifatida qatnashadi, ya’ni milliy ramzlarsiz. Ularning natijalari medallar hisobiga kiritilmaydi.

«Azov» komandirlarining Ukrainaga qaytishi

2022 yil mayida «Azovstal» uchun janglardan keyin asir tushgan va sentabr oyida asirlar almashinuvi doirasida ozod etilgan, ammo Moskva va Kiyev kelishuviga ko‘ra, keyingi oylarda Turkiyada kuzatuv ostida turgan komandirlar Turkiyadan Ukrainaga qaytarildi. Ularni vatanga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy olib qaytdi. Uning matbuot xizmati Turkiya tomoni unga besh nafar harbiy xizmatchini topshirayotgani aks etgan video namoyish etgan. Ular Denis Prokopenko (Redis laqabi bilan tanilgan), u rossiyaliklarga asir tushguniga qadar «Azov» polkiga rahbarlik qilgan; Svyatoslav Palamar (Kalina) — u «Azov» polki komandiri o‘rinbosari bo‘lgan; Oleg Xomenko (Apis), komendantlik rotasi boshlig‘i bo‘lgan va «Azovstal» mudofaasiga boshchilik qilgan; Sergey Volinskiy (Volina), 36-alohida dengiz piyodalari brigadasi komandiri vazifasini bajaruvchi bo‘lgan; Denis Shlega (boshqa manbalarda — Shleg) Dmitro Vishnevskiy nomidagi 12-brigadaga rahbarlik qilgan. Ukraina prezidenti ofisi xabarida aytilishicha, ularning vatanga qaytishi «Turkiya tomoni bilan muzokaralar natijasida» ro‘y bergan. O‘z navbatida, RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Anqara va Kiyevni kelishuvni buzishda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, almashuv shartlariga ko‘ra, komandirlar «mojaro yakuniga qadar» Turkiyada qolishi kerak edi. 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Istanbulda Ukrainaga uchishdan oldin «Azovstal» mudofaasi komandirlari bilan ko‘rishmoqda
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andriy Yermak va Sergey Volinskiy (asirlikka tushguniga qadar u Ukraina floti 36-alohida dengiz piyodalari brigadasi komandiri vazifasini bajaruvchi bo‘lgan) prezidentlik samolyotiga chiqishmoqda
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va uning ofisi rahbari Andriy Yermak prezident samolyotida «Azovstal» komandirlari bilan gaplashmoqda
Foto: Ukraina prezidenti ofisi
«Azovstal» mudofaasi «Azovstal» komandirlari Lvivda yaqinlari bilan uchrashmoqda
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA
«Azovstal» mudofaasining besh nafar komandiri qaytgani sharafiga Lvivda uyushtirilgan tadbir
Ukraina prezidenti ofisi / AFP / Scanpix / LETA

 Volodimir Zelenskiy urushning 500-kunida Zmiyniy oroliga keldi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy urushning 500-kuni munosabati bilan orolga amalga oshirgan tashrifi vaqtida «Zmiyniy oroli» tablichkasida yozuv qoldirmoqda.
Ukraina prezidenti ofisi / AFP / Scanpix / LETA
Zmiyniy orolining ko‘rinishi
Ukraina prezidenti ofisi / AFP / Scanpix / LETA
Zmiyniy orolida qisman vayron bo‘lgan bino
Ukraina prezidenti ofisi / AFP / Scanpix / LETA
Zmiyniy orolida yonib ketgan harbiy texnika
Ukraina prezidenti ofisi / AFP / Scanpix / LETA
Zmiyniy orolida shikastlangan harbiy texnikalar
Ukraina prezidenti ofisi / AFP / Scanpix / LETA

Limanning o‘qqa tutilishi

Ukraina favqulodda xizmatlari Rossiya tomonidan o‘qqa tutilgan Limanda ishlamoqda
Ukraina FVDX / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbasi oqibatida shikastlangan avtomobillar
AFP / Scanpix / LETA

Donbassda ukrain samolyotlari

Ukrainlarning Su-25 reaktiv samolyotlari Donetsk oblasti ustida uchmoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Lviv o‘qqa tutilishi oqibatlari

6 iyulga o‘tar kechasi Lviv Rossiya qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 nafarga yetdi, yana 40 dan ortiq kishi yaralangan. Qidiruv-qutqaruv ishlari 7 iyul kuni kechqurun yakunlangandi. Endi shikastlangan binolarni tiklash ishlari amalga oshirilmoqda: zarba oqibatida 35 dan ortiq uy, 10 ta yotoqxona, shuningdek bolalar uyi, oliy ta’lim muassasining ikki binosi va boshqa fuqarolik infratuzilmalari shikastlangan. Shahar meri Sadoviyning ma’lum qilishicha, 18 ta bino tomi shikastlangan, ulardan to‘rttasini tiklab bo‘lmaydi va to‘liq rekonstruksiya talab etiladi. Taxminan 60 oila boshpanasidan ayrilgan. Shahar hukumati ularning birinchi galdagi ehtiyojlari uchun 100 million grivna ajratdi. Elektr va suv ta’minoti deyarli barcha uylarda tiklangan.

Rossiyaliklar raketasidan eng jiddiy shikastlangan turar joy binolaridan biri. Binoning yuqori qavatlari va tom qismi zarba natijasida amalda butkul vayron bo‘lgan.
Roman Baluk / Reuters / Scanpix / LETA
Zarbaga uchragan to‘rt qavatli uylardan biridagi kvartiraning ichki ko‘rinishi
Stanislav Ivanov / Global Images Ukraine / Getty Images
Bu uyda yashovchilardan biri o‘z kvartirasini raketa binoga urilishi oqibatida to‘kilib tushgan oyna parchalari va boshqa chiqindilardan tozalamoqda
Stanislav Ivanov / Global Images Ukraine / Getty Images
Rossiya zarbasi oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlari — zarbadan vayron bo‘lgan uy oldida
Mykola Tys / EPA / Scanpix / LETA
Shahar kommunal xizmatlari xodimi raketa zarbasidan jabrlangan uylardan birining hovlisini tozalamoqda. Mer Andriy Sadoviyga ko‘ra, shaharga zarba oqibatlarini bartaraf etish uchun kommunal xizmatlarning 300 dan ortiq xodimi safarbar etilgan
Yuriy Dyachyshyn / AFP / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblastida irrigatsiya tizimini tuzatayotgan fermer 

Zaporijjya oblastida rossiyaliklarning raketa zarbasi oqibatida kungaboqar dalasini sug‘orish tizimi jabrlangan. Fotoda — irrigatsiya infratuzilmasidagi shikastlanish darajasini o‘rganayotgan mahalliy fermer
Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari

«Vagner» XHK va Rossiya bo‘linmalari egallash uchun yarim yildan ortiq vaqt sarflagan Baxmut shahri Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi doirasida yana frontning qaynoq nuqtalaridan biriga aylandi. Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar 7 iyul kuni Baxmutdagi Rossiya qo‘shini «amalda qopqonga tushgani», Ukraina qurolli kuchlari esa shahardan shimol va janubdagi qanotlarda bir necha uchastkalarda bir kilometrdan ortiq masofaga ilgarilagani haqida aytdi: «Bizning qo‘shinlar dushman harakatini maksimal darajada murakkablashtirmoqda va ketishni imkonsiz qilmoqda». Rossiyalik harbiy muxbirlarning Baxmut atrofidagi vaziyat bo‘yicha baholari bir-biridan farqlanadi: xususan, WarGonzo telegram-kanali ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Kleshchiyevka qishlog‘idan shimoldagi bir qancha tepaliklarni egallagan va Birxovka atrofida qator yutuqlarga erishgan, RF mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan «Ribar» kanali esa — RF qurolli kuchlari Ukraina tomonining so‘nggi kunlardagi barcha hujumlarini qaytarganini yozgan. 

Baxmut atrofidagi Ukraina harbiylari rossiyaliklarning pozitsiyalarini «Bogdana»dan o‘qqa tutmoqda — bu ukrainlar ishlab chiqqan, NATO mamlakatlariga xos bo‘lgan 155 millimetr kalibrli ilk gaubitsa
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar 155 millimetr kalibrli snaryadlarni «Bogdana» gaubitsasi uchun tashimoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini kuzatish uchun dron uchirmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
«Bogdana» gaubitsasidan rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalariga zarba berilishi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Belarusda «Vagner» XHK jangchilari joylashtirilishi mumkin bo‘lgan lager bo‘ylab press-tur

Belarus mudofaa vazirligi 7 iyul kuni g‘arblik jurnalistlar uchun Mogilev oblasti Osipovichi rayoni Tsel qishlog‘idagi harbiy lager bo‘ylab press-tur o‘tkazdi. Oldinroq OAV bu obekt «Vagner» XHK jangarilarining Belarusdagi dislokatsiya manzili bo‘lishini taxmin qilgandi. Ammo, Belarus mudofaa vaziri o‘rinbosari Leonid Kasinskiyning aytishicha, hozircha lagerda vagnerchilar yo‘q — va ular hatto tanishish maqsadida ham bu yerga kelishmagan. Kasinskiyning so‘zlariga ko‘ra, besh mingga yaqin kishini joylashtirish mumkin bo‘lgan obekt harbiylar va ma’muriyat vakillarini hududiy mudofaa tizimlarini joylashtirishga o‘rgatish uchun barpo etilgan. Press-turda g‘arblik jurnalistlar — xususan, CNN korrespondenti Metyu Chens ham ishtirok etgan. Kasinskiy u bilan muloqot vaqtida ham «bu lager va Vagner XHK o‘rtasida hech qanday aloqa yo‘qligi»ni ta’kidlagan.

Belaruslik harbiy Osipovichi yaqinidagi lager darvozasini yopmoqda
Maksim Shemetov / Reuters / Scanpix / LETA
Press-turda qatnashgan jurnalistlar lager hududidagi palatkalarni ko‘zdan kechirishgan — bu yerda haqiqatan ham vagnerchilar bo‘lmagan
Aleksandr Zemlyanichenko / AP / Scanpix / LETA
Palatkalardan birida jurnalistlar dam olayotgan belaruslik harbiylarni uchratishgan
Aleksandr Zemlyanichenko / AP / Scanpix / LETA
Yevgeniy Prigojinga sodiq qolgan vagnerchilar kelib joylashishi mumkin bo‘lgan palatalar lagerining umumiy ko‘rinishi
EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid