O‘zbekiston | 10:24 / 12.07.2023
3671
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda eng ko‘p qurilish Mirobod tumanida amalga oshirilgan 

Toshkentda yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-may oylarida, jami qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 3 010,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. 

Yirik qurilish ishlari 2022 yilning mos davriga nisbatan 66,7 foizni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 22,8 foizga teng bo‘ldi.

Tumanlar kesimida qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmida Mirobod tumani yetakchilik qilyapti – 514,1 mlrd so‘m.

Undan keyingi o‘rinlardan qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi mos ravishda 491,5 mlrd so‘m va 375,6 mlrd so‘m bo‘lgan Yunusobod tumani hamda Chilonzor tumani joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan tumanlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Yakkasaroy tumani – 295,9 mlrd so‘m;
  • Shayxontohur tumani – 290,7 mlrd so‘m;
  • Olmazor tumani – 276,8 mlrd so‘m;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani – 273,4 mlrd so‘m;
  • Uchtepa tumani – 149,5 mlrd so‘m;
  • Bektemir tumani – 116,9 mlrd so‘m;
  • Yangihayot tumani – 101,7  mlrd so‘m;
  • Sergeli tumani – 73,8 mlrd so‘m;
  • Yashnobod tumani – 50,2 mlrd so‘m.

Mavzuga oid