Joriy yilning 12 yanvar kuni soat 23:10 larda Mirobod tumani Taras Şevçenko–Nukus köçalari çorrahasida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Ma’lum qilinişiça, 2002 yilda tuğilgan I.S. boşqaruvidagi Kia rusumli avtomaşina hamda 2005 yilda tuğilgan A.T. boşqaruvidagi Tracker-2 rusumli avtomaşina töqnaşgan.
YTH natijasida Tracker-2 rusumli avtomaşinaning 1 nafar yölovçisi va Kia rusumli avtomaşinaning 2 nafar yölovçisiga şifokorlar tomonidan birinçi tibbiy yordam körsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati barça yöl harakati qatnaşçilarini yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qilişga çaqirdi.











