Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonidagi ko‘prik hududida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Mashg‘ulotda ko‘prik tayanch ustunlari va elementlarini mustahkamlashga qaratilgan himoya tadbirlarini amalga oshirish tartibi ko‘rib chiqildi.
Foto: FVV matbuot xizmati
Kecha, 12 iyul kuni «Qamchiq» maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi tomonidan A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, dovon yo‘lining 220-kilometrida joylashgan Ohangaronsoy va Qamchiqsoy ko‘prigi hududida «Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda obekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hududiy FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari» mavzusidagi 3 bosqichli o‘quv mashqi tashkillashtirilgan.

Mashg‘ulot davomida shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat oqibatlari bartaraf etilib, aloqa va xabar berish tartibi, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yo‘l-transport hodisasi natijasida yong‘in sodir bo‘lganda yong‘inni bartaraf etish tartibi hamda ko‘prikning tayanch ustunlari va elementlarini mustahkamlashga qaratilgan muhandislik-himoya tadbirlarini amalga oshirish tartibi ko‘rib chiqilgan.

Mavzuga oid
17:38 / 28.10.2025
Cobalt mashinalari ortilgan treyler Qamchiqda xandaqqa tushib ketdi
13:41 / 18.10.2025
Qamchiqda xandaqqa tushib ketgan mashina va uning haydovchisi chiqarib olindi
20:46 / 28.08.2025
Qamchiq dovonidagi «avariya»larda uch kishi halok bo‘ldi
22:31 / 02.07.2025