O‘zbekiston | 16:51 / 15.07.2023
11303
6 daqiqa o‘qiladi

Saraton bu – hukm emas: Proton terapiyasi imkoniyatlari

Foto: Apollo

Toshkent shahrida Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqdagi yagona “Apollo” proton terapiyasi markazi shifokorlari ishtirokida ilmiy-amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda hindistonlik shifokorlar saraton kasalligini davolashning ilg‘or usuli – proton terapiyasi haqida gapirib berishdi.

Hozirgi vaqtda proton terapiyasi saraton kasalligida nurlanishning eng aniq va yengillashtirilgan usuli hisoblanadi. Rentgen yoki gamma nurlari yordamida an’anaviy radiatsiya terapiyasidan farqli o‘laroq, zaryadlangan proton zarralari tananing sog‘lom hujayralariga ta’sir qilmasdan o‘simtaga to‘g‘ri yetib boradi. Ushbu usul aniqligi oshishi o‘simtaga yuqori dozali nurlanishni yuborish imkonini beradi, bu esa nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytiradi. Natijada, o‘simta maksimal nurlanish dozasini oladi, sog‘lom to‘qimalarga esa minimal ta’sir yetkaziladi. Proton terapiyasi, shuningdek, sog‘lom to‘qimalarni saqlash juda muhim bo‘lgan miya, umurtqa pog‘onasi va prostata kabi hayotiy organlar yaqinidagi o‘smalarni davolashda samarali hisoblanadi.

Tadbir ochilishida, “Apollo” xalqaro filiallarining kasalxonalari vitse-prezidenti, doktor Kartik Anantharaman O‘zbekiston onkologiya shifokorlari bilan Hindistondagi “Apollo Hospitals Group” shifokorlari o‘rtasidagi hamkorlik muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

“Apollo Hospitals Group”da 75 ta statsionar shifoxonalar mavjud. Ulardan 15 nafari faqat onkologik yordam bilan shug‘ullanishadi. Biz o‘z ishimizda saraton kasalligining robot yordamida davolash, jarrohlik va radiojarrohlik aralashuvi, suyak iligi transplantatsiyasi kabi davolash turlaridan foydalanamiz, bizda Markaziy Osiyo onkologik markazlari orasida yagona raqamli PeT KT (pozitron emissiya tomografiyasi - kompyuter tomografiyasi) mavjud. Maqsadimiz – bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, o‘zbekistonlik shifokorlar mamlakat hududida bemorlarga yordam ko‘rsatishlari uchun O‘zbekistonga texnologiya olib kelish, onkologiya yo‘nalishida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish va texnologik asbob-uskunalar bilan ta’minlashdir. Va faqat o‘ta og‘ir ahvolda bo‘lgan va O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan ixtisoslashtirilgan yordam va maxsus jihozlardan foydalanishga muhtoj bo‘lgan bemorlarni Hindistonga jo‘natib, u yerda davolanishni, keyin esa reabilitatsiya davriga qaytarishni rejalashtirganmiz. O‘zbekistonda roton nurlari, chiziqli tezlatgichlar kabi terapiya usullarini taklif qilmoqchimiz va qo‘llashni boshlamoqchimiz". - dedi doktor Karthik Anantharaman.

Radiatsion onkolog, bosh, bo‘yin va ko‘krak onkologiyasi jamg‘armasi a’zosi, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqdagi yagona “Appollo” proton terapiya markazida ishlovchi doktor Sapna Nangia proton terapiyasining imkoniyatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Markaz 2019 yildan beri Hindistonning Chennay shahrida faoliyat yuritib kelmoqda. Onkologiya muammosiga kelsak, doktor Sapna shuni ta’kidladiki, Markaziy Osiyo va Afrikada har yili bemorlarning 48 foizga yaqiniga onkologiya tashxisi qo‘yiladi. Afsuski ulardan 58 foizi vafot etadi.

“Onkopatologiya butun dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash uchun katta muammodir. O‘lim darajasi bo‘yicha yurak-qon tomir kasalliklaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Onkologiya kasalliklari juda aniq va tez tibbiy yordamni talab qiladi. Biz proton terapiyasi o‘yin qoidalrini o‘zgartirganiga va saraton kasalligini davolashda yetakchiligimizga ishonamiz. Ushbu ilg‘or terapiya proton zarralarini o‘smalarni yuqori aniqlik bilan nishonga olish, sog‘lom to‘qimalarni asrash va nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytirish uchun foydalanadi. Saraton kasalligini davolash bo‘yicha yetakchi sifatida biz O‘zbekistondagi bemorlarga davolash vaqtida va undan keyin eng yaxshi natijalar va hayot sifatini ta’minlovchi ushbu ilg‘or davolash usulini taklif qilishdan faxrlanamiz”, dedi doktor Sapna.

2000 yildan 2020 yilgacha dunyoda proton markazlari soni uch baravar ko‘paygan bo‘lsa-da, bizning mintaqamizda hali ham bitta proton markazi mavjud. Bu yerga dunyoning 35 mamlakatidan bemorlar kelib davolanishadi. Va ularning ko‘plari, hatto boshqa shifokorlar hech narsa va’da qila olmasalar ham, kasallikni yengishga muvaffaq bo‘lishdi. Masalan, Jizzax viloyatining Zomin tumanidan Murtazo Sulaymonovda qizilo‘ngach saratonining 4-bosqichi aniqlangan. Shifokorlar uni operatsiya qilish mumkin emasligini aytishdi. Deyarli umidsiz bemor Hindistonning Appollo proton terapiya markaziga davolanish uchun olib ketildi va u yerda 60 kun davomida davolandi. Bu vaqt ichida proton terapiyasi yordamida bemor kasallikni yengishga muvaffaq bo‘ldi va bugungi kunda u onkologiyaga duch kelgan bunday odamlarga yordam berib, to‘laqonli hayot kechirmoqda.

Xuddi shunday ilhomlantiruvchi voqeani toshkentlik yoshi 65dagi yana bir bemor Zamiraxon Xalilova ham aytib berdi, unga 6,5 yil avval ko‘krak bezi saratonining 2-bosqichi tashxisi qo‘yilgan edi. Zamiraxon Appollo klinikasida o‘tkazgan proton terapiyasidan so‘ng kasallikni unutib, bugun sakkiz nafar nevarasini tarbiyalashda katta zavq bilan ishtirok etmoqda.

Bog‘lanish uchun:

Dr. Karthik Anantharaman

Vice President – International

Group Oncolgy & International

Apollo Hospitals Enterprise Ltd

Tel.: +91 9986672406

Email: karthik_anantharaman@apollohospitals.com

Reklama