10:06 / 19.07.2023
5462

O‘zbekistonda Ukraina tajribasi asosida ekinlar plantatsiyasi tashkil etilishi mumkin

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasida Butun Ukraina naslchilik ilmiy instituti (BUNII) rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Bugungi kunda BUNII muhim qishloq xo‘jaligi ekinlarining naslchilik navlari va duragaylarini yetishtirish sohasida Ukrainada yetakchilardan biri hisoblanadi. Institutda kungaboqar, makkajo‘xori, qandlavlagi, bug‘doy, arpa va boshqa ekinlarning nav va duragaylarini yaratish bo‘yicha ilmiy ishlar uzluksiz olib boriladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining 40 dan ortiq nav va duragaylari yaratilib, qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiya jarayoni texnologiyalariga oid 50 dona ixtironi patentlangan.

Korxona direktori Miroslav Pariyning ta’kidlashicha, “yuqori ko‘rsatkichlar avvalambor ekinchilik tarmog‘ining ehtiyojlari va bozor tendensiyalarini chuqur tahlil qilish hamda seleksiya va urug‘chilik jarayonining yuqori ilmiy intensivligiga asoslanadi”.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va Ukraina tajribasi asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun tajriba plantatsiyalarini yaratish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida yaqin vaqt ichida tashkilot vakillarining Toshkent shahriga tashrifi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Top