Vengriya boş vaziri Viktor Orban Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar ötkaziş maqsadida Kiyevga taşrif buyurdi. Ukrainaga ğarbning harbiy yordamini tanqid qilişi bilan tanilgan vengrlar yetakçisining safari uruş boşlanganidan buyon birinçisi bölmoqda, bu safar Vengriya Yevropa Ittifoqi kengaşi raisligini qabul qilib olganining keyingi kunida amalga oşirildi.
Orbanning matbuot xizmati rahbari Bertalan Havaşi Magyar Nemzet gazetasiga ma’lum qilişiça, Zelenskiy va Orban uruşni yakunlaş istiqbollarini muhokama etişadi.
«Muhokamalarning eng muhim mavzusi — tinçlikka erişiş imkoniyatidir. Viktor Orban va Volodimir Zelenskiy Vengriya-Ukrainaning ikkitomonlama munosabatlaridagi dolzarb masalalarni ham muhokama etişadi», — deya Havaşining sözlarini keltirgan «Interfaks-Ukraina» agentligi.
Orbanning Kiyevga kelişi haqida duşanba kuni birinçi bölib Britaniyaning Financial Times va Guardian gazetalari anonim manbalarga tayanib xabar qilgandi.
Uşbu naşrlar ma’lumotiga köra, Ukraina özining YeIga a’zoligi muzokaralar boşlanişiga vengrlar tomonidan qöyilgan veto bekor qilinişi evaziga Karpatortida ozçilikni taşkil etuvçi vengrlarning alohida huquqi masalasida yon berganidan keyin Orban Kiyevga taşrif buyuriş böyiça qaror qabul qilgan.
1 iyuldan Vengriya yarim yil muddatga YeIga raislik qiluvçi mamlakatga aylandi, ammo Kiyevdagi suhbatdoşning Guardian naşriga aytişiça, hozirça Orban Ukrainaga kim bölib kelgani ma’um emas: öz mamlakati boş vaziri sifatidami yoki YeI raisi sifatida. «Bu yerda [YeI va Budapeşt manfaatlari örtasida] ziddiyat borligi aniq», — degan gazeta suhbatdoşi.
Orban Yevropada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan aloqalarni saqlab qolayotgan yagona davlat rahbari bölib turibdi. YeIning boşqa barça mamlakatlari rahbarlari Rossiyaning keng kölamli bosqinidan keyin Kiyevga kelgandi.
U şuningdek Ukrainaga yordamga qarşi çiqqan va yaqinda YeIning Kiyevga keng kölamli moliyaviy yordam ajratiş töğrisidagi qarorini bloklagandi. Yevroittifoqning boşqa yetakçilari maxsus sammitda Orbanga uning bu boradagi pozitsiyasini qabul qilib bölmasligini bildirişganidan keyingina Vengriya öz vetosini olişga rozi bölgandi.
Orban şuningdek NATOning Ukrainaga harbiy yordam körsatişda faolroq böliş borasidagi qaroriga ham qarşi çiqqan. Alyans Kiyevga yordam dasturini Vengriya öz vakillari unda iştirok etmasligiga kafolat olganidan keyingina ma’qullay olgandi.









