Belarus Harbiy havo kuçlari, maxsus bölinmalar va Havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina çegarasi yaqiniga töplanmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukaşenko Belarus mustaqilligi kuni bayramidagi çiqişida aytdi.
Lukaşenkoga köra, Belarus çegara yaqiniga «Polonez» va «Iskander» raketa tizimlarini olib kelgan. Uning iddao qilişiça, bunga Ukraina Belarus çegarasida faollaşib qolgani sabab bölgan.
«Heç qanday eskalatsiyaga yöl qöymaymiz, heç qanday keskinlikka ham. Ukraina rahbariyati buni eşitişi kerak. Ukrainlardan olov bilan öynaşmaslikni sörayman, bu xavfli iş», degan Lukaşenko.













