14:35 / 21.07.2023
6947

Britaniya: bir necha oy ichida mahbuslar orasidan 20 mingga yaqin «vagnerchi» o‘ldirildi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining muntazam sharhiga ko‘ra, yaqin kunlarda «Vagner guruhi» mahkumlar orasidan so‘nggi yollanma askarlarni xizmatdan ozod etadi va ularning katta qismi ushbu XHKda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni davom ettirish taklifini qabul qilishi mumkin.

Foto: bbc

Idora tomonidan keltirilgan razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, qamoqxonalarda askarlarni yollash bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich 2023 yil boshida sodir bo‘lgan. Uning natijalariga ko‘ra, 40 mingga yaqin mahkum urushga jo‘natilgan. 

Britaniya Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, mahbuslarni yollash Rossiya qo‘shinlariga so‘nggi yutuqlaridan birini - Baxmutni qo‘lga olish va «Vagner» XHKni «hokimiyatga to‘g‘ridan to‘g‘ri qarshilik ko‘rsatuvchi» tashkilotga aylantirish imkonini berdi. 

«Bu zamonaviy harbiy tarixdagi eng qonli epizodlardan biri: bir necha oy ichida 20 000 nafargacha mahbuslar o‘ldirilgan», — deyiladi hisobotda. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top