Bir yil muqaddam «Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin u va uning yollanma jangçilari Rossiya harbiy rahbariyatini almaştiriş uçun Moskva tomon «adolat marşi»ni boşlaganliklari haqida e’lon qilişgandi. 24 iyun kuni erta tongda vagnerçilar amalda Rostov şahrini töliq egallagandi. Lekin öşa keçadayoq isyon töxtagandi. Bundan köp vaqt ötmasdan Prigojinning imperiyasi mavjudligini yöqotdi, uning özi esa öşa yozda Tver oblastida sirli aviahalokat oqibatida halok böldi.

Ötgan 12 oy içida bu voqeaning boşqa iştirokçilari hayoti ham jiddiy darajada özgardi. BBC ular bilan nimalar bölgani hamda ular hozirda qanday yaşayotganini hikoya qiladi.

Yevgeniy Prigojin

Rossiyaning Ukrainaga bosqinining ilk yili daovmida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi asosçisi Yevgeniy Prigojin soyadagi sirli kardinaldan uruşning eng taniqli yuzlaridan biriga aylandi. Uning işlari a’lo darajada ketayotgandek edi: davlat uning harbiy muvaffaqiyatlardagi rolini oçiqçasiga tan olgan va unga qamoqxonalarda mahbuslarni uruşga yollaşga ruxsat bergandi.

«Vagner» eng samarali bölinma reputatsiyasiga ega böldi. Ammo Prigojinning harbiy rahbariyat manziliga yöllangan tanqidlari Mudofaa vazirligi hamda Boş ştab bilan keng kölamli mojaroga aylanib ketdi. Prigojin idora rahbarlari Sergey Şoygu va Valeriy Gerasimovni Baxmutni şturm qilayotgan vagnerçilarga (yollanma jangçilar yakunda şaharni xarobaga aylantirdi) ongli ravişda öq-dori bermaslikda aybladi.

Prigojin bu kuraşda yutqazdi. Avvaliga uni mahbuslarni uruşga yollaş imkoniyatidan mahrum etişdi. Keyin esa «Vagner»ning barça yollanma jangçilari davlat nazorati ostiga ötişi lozimligi töğrisida ogohlantirişdi.

Keyin esa vaziyat jadallik bilan rivojlanib bordi — Prigojin va-bankka qöl urdi. 23 iyun kuni keçqurun u harbiy rahbariyatni «Vagner» lageriga zarba berişda aybladi (çindan ham şunday bölganiga işonçli dalil keltirilmagan). Keyin esa yollanma jangçilari bilan Rostov oblasti markazida Janubiy harbiy okrug ştabini egallab olib, «Moskva tomon adolat marşi» uyuştirdi. Bu jarayonda ön beş nafar rossiyalik harbiy halok böldi.

Rasmiy versiyaga köra, isyon belaruslik Aleksandr Lukaşenko vositaçiligidagi muzokaralar orqali yakunlangan. FSB tomonidan harbiy isyon böyiça oçilgan jinoiy iş yopilgan. Prigojin yollanma jangçilarini olib Belarusga ketadi. Bir neça kun ötib «Vagner» komandirlari uning boşçiligida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşadi (uçraşuvda nima haqda gap ketgani töğrisida oşkor etilmagan).