Buyuk Britaaniya va Xitoy oxirgi yillarda köçib ketgan va mamlakatdan çiqib ketişi mumkin bölgan millionerlar soni böyiça dunyoda yetakçi hisoblanadi. Bu haqda badavlat odamlarga köçib ötişda yordam qiluvçi Henley & Partners kompaniyasining hisobotida keltirilgan.
Hisobotga köra, 2024 yil oxirigaça Buyuk Britaniyani 9500 nafar millioner tark etadi. Bu butun 2023 yildagi körsatkiçdan ikki baravar köp.
Ekspertlarning ta’kidlaşiça, önlab yillar davomida badavlat odamlarni öziga jalb etib kelgan mamlakat Yevropa Ittifoqi (Brexit) bilan aloqani uzganidan söng millionerlarini yöqota boşlagan. Xususan, 2017-2023 yillarda Britaniyani 16 500 nafar millioner tark etgan.
London menejment instituti rahbari va hisobot mualliflaridan biri Xanna Uayt bu tendensiyaga bir qança omillar ta’sir qilayotganini keltirib ötdi. Ular orasida Brexit, energetika inqirozi, Ukrainadagi uruş va inflatsiyaning oşişi kabilar bor.
Hozirda Britaniyada saylovlar ötkazilişiga tayyorgarlik körilyapti. Mazkur saylovlarda boylarga soliqni oşiriş tarafdori bölgan muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi hukmron Konservatorlar partiyasidan 20 ballga ustun kelişi mumkin, deb yozadi Bloomberg.
«Iqtisodiy va siyosiy kontekstdan kelib çiqqan holda boy şaxslarning çiqib ketişi saylovoldi qarorlar tufayli tezlaşyapti», dedi Uayt.
H&P hisobotiga köra, boy odamlarning mamlakatdan çiqib ketişi böyiça mutlaq yetakçi Xitoy hisoblanadi. 2024 yilda mamlakatni 15 200 nafar millioner tark etişi kutilyapti.
Ötgan yili ham Xitoy bu borada birinçi örinni egallagandi. 2023 yilda mamlakatni 13 800 nafar millioner tark etgan. Mutaxassislar bu holatga pandemiyadan juda sekin tiklanişda davom etayotgan Xitoy iqtisodiyotidagi noaniqliklar, şuningdek, AQŞ va boşqa Ğarb davlatlari bilan geosiyosiy keskinlikning ortib borayotgani sabab bölgan, deb hisoblaydi. Bularning barçasi boy xitoyliklarni tobora köproq boşqa mamlakatlar – AQŞ, Kanada yoki Singapurga köçib ötişga undamoqda.
2024 yilda eng köp millioner çiqib ketişi mumkin bölgan mamlakatlar beşligiga Hindiston (4300 kişi), Janubiy Koreya (1200 kişi) va Rossiya (1000 kişi) ham kirgan.



















