O‘zbekiston | 15:07 / 24.07.2023
6040
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari strategik sheriklikni mustahkamlash masalasini muhokama qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Turkiya rahbari O‘zbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, xalqqa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Prezidentlar oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining borishini ko‘rib chiqdi. Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligiga e’tibor qaratdi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ikki mamlakat yetakchi kompaniya va korxonalarining sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha istiqbolli loyihalarning yangi portfelini birgalikda ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid