Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniyalik akrobat tarixda ilk bor Osiyodan Yevropaga tortilgan trossdan yurib o‘tdi
Sleklayn bo‘yicha uch karra jahon chempioni akrobat Yaan Rooze Bosfor bo‘g‘ozi ustidan tortilgan 1 kilometrdan ortiq uzunlikdagi dordan yurib o‘tdi.
Foto: Anadolu Agency
Sleklayn bo‘yicha uch karra jahon chempioni akrobat Yaan Rooze Turkiyada Bosfor bo‘g‘ozi ustidan tortilgan dordan yurib o‘tdi. Ushbu dor yo‘lining uzunligi 1 kilometrdan oshdi, deb yozadi Hürriyet gazetasi.
Yaan Rooze Osiyodan Yevropaga tortilgan 1100 metrli arqon ustidan yurib o‘tgan dunyodagi birinchi insonga aylandi. Arqon Bosfor ko‘prigining tayanchlari orasiga, yerdan 165 metr balandlikka mahkamlangan.
Sleklayn bo‘yicha uch karra jahon chempioni muvozanatni ushlab qolishga yordam beradigan maxsus vositalarsiz belgilangan masofani 47 daqiqada bosib o‘tgan.
«Bosfor ikki qit’ani birlashtiribgina qolmay, u ming yillik tarixiy va madaniy ahamiyatga ega, shuningdek, uning tabiati juda go‘zal. Bularning barchasini o‘zgaruvchan ob-havo sharoiti va kuchli dengiz oqimi bilan birlashtiradigan bo‘lsak — bu sleklayning uchun noyob joy. Men tarixga kirdim, shu sababli juda baxtliman», — deydi akrobat.
28 yoshli estoniyalik Yaan Rooze — sayyorada sleklayn bo‘yicha eng ko‘p mukofotlarni qo‘lga kiritgan sportchi hisoblanadi. Iyun oxirlarida u Estoniyadagi Emayigi daryosi qirg‘oqlari uzra tortilgan dordan yurib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, sleklayn — ikkita statsionar obekt orasida tortilgan tross orqali ehtiyot moslamasi yoki usiz yurib o‘tish bo‘yicha ekstremal sport turi hisoblanadi.
Mavzuga oid
02:08
Oilada kamida uch nafar farzand bo‘lishi kerak – Erdo‘g‘an
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
20:24 / 05.01.2026
Turkiyada giyohvandlik va fohishalik ishi doirasida mashhur seriallar aktyorlari hibsga olindi
17:46 / 30.12.2025