Turkiya taşqi va içki işlar vazirlari hamda razvedka idorasi rahbarining Toşkentga taşrifi vaqtida özaro hamkorlikni institutsionallaştiriş borasida kelişuvga erişildi. Siyosatşunos Fazliddin Madiyevga köra, bu ikki davlat örtasida kerakli ma’lumotlarni almaşişda byurokratiyani kamaytirişni, turli xavflardan bir-birini ogoh qilişni nazarda tutadi.
Sönggi vaqtlarda Özbekiston-Turkiya munosabatlari yangi bosqiçga kötarilganini köriş mumkin. Oliy darajadagi uçraşuvlar köpaygani, savdo-iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, aloqalar yaxşilangani e’tirof etilmoqda.
Ayni paytda ikki mamlakat huquqni muhofaza qiluvçi idoralari örtasida munosabatlarni institutsionallaştiriş, oçiq qolayotgan huquqiy masalalarni tartibga soliş ustida işlamoqda. 12 sentabr kuni Toşkentda Özbekiston va Turkiya taşqi işlar, içki işlar vazirlari hamda xavfsizlik xizmati rahbarlari örtasida bölib ötgan muzokaralar ayni şu masalalarga bağişlandi.
Kun.uz bu uçraşuv atrofidagi savollar bilan siyosatşunos Fazliddin Madiyevga murojaat qildi. Mutaxassis qariyb 10 yil davomida Istanbul va Anqara şaharlarida ta’lim olgan, ayni vaqtda Turkiya poytaxtidagi Hoji Bayram Valiy universitetining xalqaro munosabatlar yönalişida doktorlik işini yoqlamoqda.
– Uçraşuv böyiça oçiqlangan tafsilotlar unçalik köp emas, lekin ayrim muhim kalit sözlar bor. Masalan, Turkiya va Özbekiston örtasidagi hamkorlikni institutsionallaştiriş böyiça “yöl xaritasi” imzolandi. “Hamkorlikni institutsionallaştiriş” – buni jamoatçilikka qanday qilib soddaroq tuşuntiriş mumkin?

– Davlatlar örtasidagi razvedka ma’lumotlari doim ham oçiqlanavermaydi. Xavfsizlik sohasidagi eng yaqin hamkorlikka misol – AQŞ va Isroil. Bilamizki, Turkiya 100 yil davomida siyosiy jihatdan Özbekistondan uzoqda böldi. Bu albatta tarixiy vaziyat natijasida vujudga keldi. Ammo bugungi davr turkiy davlatlar integratsiyasini talab qilmoqda. Bu uçraşuvni ham şu jarayonga qadam deb aytiş mumkin. Ya’ni ikkala davlatlar ham özaro razvedka ma’lumotlarida, ma’lum çiziqlarda axborot xavfsizligi ma’lumotlarida yordam berişi va kiberxavfsizlik, terrorizmga qarşi kuraş masalalarida ham bir-biriga axborot almaşinuvida yordam berişni anglatadi. Çunki Turkiya bu borada katta tajribaga ega mamlakat.
Bu uçraşuvdan maqsad ham – ikki davlat örtasidagi ma’lumot almaşinuvida byurokratiyani kamaytiriş. Turli xavflardan bir-birini ogoh qiliş nazarda tutilgan. Özbekistonda köp ma’lumotlar oçiqlanmaydi. Maxsus xodimlar Turkiyadagi statistikalarni örganib çiqib bunday yöl tutiş borasidagi fikrga kelgan bölişlari mumkin.

– Uçraşuvda tilga olingan masalalar qatorida “terrorizm va ekstremizm”, “tartibsiz migratsiya” yoki “kontrabandaga qarşi birgalikda kuraşiş” kabi atamalar bor. Tartibsiz (yoki notöğri) migratsiya tuşunçasini qanday tuşuniş mumkin?
– Turkiya tolerant davlat sifatida juda köp qoçoqlarni qabul qilgan. Ammo keyingi vaqtlarda migratsiya masalasidan Turkiyaning içki siyosatida turli muammolar keltirib çiqariş uçun foydalanişga ötildi. Turkiyada Janubiy Koreya yoki Qatar davlatlarida bölgani kabi migrantlarni qabul qiliş böyiça maxsus loyihalar qilinmagan. Keyingi paytlarda bu Turkiya uçun siyosiy muammolarga aylanmoqda.
Turkiyaga turli davlatlardan qatnovlar kuçaygan, hatto Afğonistondan kelayotganlar soni ham oşmoqda. Bu esa notöğri migratsiyani kuçaytirmoqda. Natijada Turkiya idoralari bu bilan köproq şuğullanişga majbur bölmoqda.
– Tartibsiz migratsiyaga qarşi kuraş siyosiy maqsadlarga aralaşib ketmaydimi, sizningça? Masalan, hukumatlar öziga ma’qul kelmagan har qanday odamni qaytarişi, uşlab kelinişi holatlariga yöl oçilişi mumkinmi?
– Bu davlatlar orasidagi eng nozik jihatlardan biri hisoblanadi. Keyingi paytlarda Özbekiston va Turkiya örtasidagi muammolardan biri şu. Bu yerda siyosiy doiralar emas, çegaradagi xodimlarning harakatlari ham muhim rol öynaydi.
Oxirgi vaqtlarda bir qator davlatlar, xususan Özbekiston fuqarolarining Turkiya aeroportlaridan qaytarib yuborilişi holatlari köpaydi. Agar ikki davlat örtasida bu holat doimiy davom etsa, davlatlar özaro hisobotlar orqali bunga izoh berişi kerak. Ammo bu har doim ham sodir bölmayapti. Şunday holatlar bölganki, Turkiyada öqiyotgan talabalarning ota-onalari farzandlari holidan xabar olişga borişganida ham ular maxsus xodimlar tomonidan Özbekistonga qaytarib yuborilgan. Bu ma’lumotlarga Turkiya hukumati izoh ham bermaydi. Agar sababsiz qaytarib yuborişlar xodimning xatosi bilan bölsa ham bunga qanday jazo qöllangan yoki oçiq qolganmi bu haqida ham heç qanday izohlar berilmaydi. Bunga sabab sönggi paytlarda Turkiyadagi turli siyosiy bölinişlar va xavfsizlik borasidagi muammolarning ortgani bölişi mumkin.
Töliq intervyu bilan yuqoridagi videoda tanişib çiqişingiz mumkin.
Farrux Absattarov suhbatlaşdi.







