22:16 / 25.07.2023
7813

Qirg‘iziston va O‘zbekiston harbiy milliy gvardiyalari qo‘shma mashg‘ulotlari boshlandi 

Rejaga ko‘ra, taktik-maxsus, o‘t o‘chirish, tog‘ tayyorgarligi, aloqa tayyorgarligi bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. 

Foto: Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi

23 iyul kuni Qirg‘izistonda mahalliy Qurolli Kuchlar Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Milliy gvardiyasining maxsus va muhandislik bo‘linmalari hamkorligida qo‘shma taktik va o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, Kaktus.media xabar berdi. 

Mashg‘ulotlar «Edelveys» harbiy qismi o‘quv markazida 2 avgustgacha davom etadi. 

«Hafta davomida harbiy xizmatchilar o‘zbekistonlik hamkasblar bilan birgalikda maxsus kuchlar bo‘linmalarini tayyorlash masalalarini ishlab chiqadi. Rejaga ko‘ra, taktik-maxsus, o‘t o‘chirish, tog‘ tayyorgarligi, aloqa tayyorgarligi bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar, shuningdek, muhandislik va sapyor bo‘linmalari uchun maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi», deyiladi xabarda. 

Top