Taşiyev boylarning mol-mulklari qonuniyligi tekşirilişini ta’kidladi.

“Avvalgi notinç davrlarda ular xalq boyligini, korxonalarni arzon pulga sotib olgan yoki korrupsiya orqali xususiylaştirişgan. Ular xalq mulkiga egalik qilib, 30 yil davomida boyib kelgan. Hammasini tartibga soliş kerak. Bu xalqning boyligi. Biz buni röyxatga kiritamiz. Bir neça kişi emas, balki butun xalq boyişi kerak.

Bir neça kişi millionlab qirğizistonliklarning boyligiga ega çiqdi. Bularning barçasini davlatga qaytariş kerak. Heçqisi yöq, biz ularni qonun doirasida qaytaramiz”, — dedi Qamçibek Taşiyev.

U Jalolobod viloyatini misol keltirib, hududdagi uçta yirik baza davlatga qaytarilganini aytdi. Qaytarilgan bazalardan biri sobiq deputat Quvaniçbek Tumanovlar oilasiga tegişli bölgan.

“Ularning örniga biz maktab va Davlat ipoteka kompaniyasi uçun uy quramiz”, — dedi Taşiyev.

2023 yil may oyida Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi Qamçibek Taşiyev Qirğizistonda korrupsiyaga qarşi kuraşning ikkinçi bosqiçi boşlanganini e’lon qilgandi. Ta’kidlanişiça, kuraş uç bosqiçdan iborat. 

2024 yil avvalida Taşiyev mamlakatda bandit, uyuşgan jinoiy guruhlar, kriminal avtoritetlar bölmasligini qayd etgandi.