Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida harakat qisqa muddatga cheklandi
Qamchiq dovonidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida (A-373 yo‘lining 260-kilometri) harakat qisqa muddatga cheklandi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Foto: YHXX
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Mudofaa hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tomonidan rejali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida (260-kilometrida) transport vositalarining harakati bugun soat 10:00 dan vaqtincha, qisqa muddatga cheklandi.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya etishni so‘ragan.
Mavzuga oid
14:26 / 17.01.2026
FVV qutqaruvchilari Qamchiqda xandaqqa tushib ketgan Nexia-2'ni olib chiqdi
19:22 / 22.12.2025
«Qamchiq» dovonida yuk avtomobili handaqqa quladi
17:38 / 28.10.2025
Cobalt mashinalari ortilgan treyler Qamchiqda xandaqqa tushib ketdi
13:41 / 18.10.2025