AQSh va Italiya yetakchilari Kiyevni bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi
Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng AQSh prezidenti Jo Bayden va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Ukrainani zarurat tug‘ilganda keyingi siyosiy, harbiy, moliyaviy va humanitar yordam ko‘rsatilishiga ishontirdi.
Oq uy va Italiya hukumati rahbarlari «BMT Nizomi, Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini to‘liq hurmat qilgan holda adolatli va mustahkam tinchlikka» erishish zarurligini ta’kidladilar.
Bayden va Meloni Rossiyaning Qora dengiz don tashabbusidan bir tomonlama chiqib ketishini, shuningdek, Rossiyaning Ukraina don saqlash va transport infratuzilmasiga hujumlarini qoraladi.
Bundan tashqari, Vashington va Rim Ukrainani qayta tiklashni muvofiqlashtirishni davom ettirish majburiyatini oldi.
Mavzuga oid
09:50 / 17.09.2024
Bayden AQShda siyosiy zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirdi
11:40 / 16.09.2024
Bayden Tramp bilan yuz bergan hodisadan keyin Maxfiy xizmatni maqtadi
09:20 / 16.09.2024
Zelenskiy Baydenga «Ukraina g‘alabasi rejasini» taqdim etadi
17:20 / 11.09.2024