2016 yil 8 noyabr kuni AQŞda navbatdagi prezidentlik saylovi bölib ötdi. Unda Respublikaçilar partiyasi vakili Donald Tramp Demokratik partiya vakili Hillari Klintonni ortda qoldirib mamlakat prezidenti böldi.

Öşa saylovda Tramp AQŞ tarixidagi ikkinçi eng keksa prezident bölgandi. 1946 yil 14 iyunda tuğilgan Tramp saylovda ğalaba qozongan kuni 70 yoş 5 oylik edi.

Ungaça Amerikada faqat Ronald Reygan 73 yoşida prezident bölgan: bu yoşida u ikkinçi muddat uçun ötkazilgan saylovlarda ğalaba qozongan.

Biroq 2021 yilgi saylovda Reyganning rekordi yangilandi. Bu safar Trampdan tört yoş katta bölgan demokratlar vakili Jo Bayden salkam 78 yoşida AQŞ prezidenti etib saylandi.

Agar Bayden 2024 yil ötkaziladigan saylovda öz nomzodini qaytarib olmaganida va ğalaba qozonganida rekord yangilanardi – qariyb 82 yoşli qariya AQŞ prezidenti bölardi.

Endi Tramp Kamala Harris bilan raqobatlaşyapti. Agar u ğalaba qozonsa, Baydenning rekordini yangilaydi va 78 yoş 5 oyligida AQŞ prezidenti böladi.

Quyida AQŞni şu paytgaça boşqargan eng keksa prezidentlar haqida ma’lumot beramiz.

Foto: shutterstock.com

10. Jon Adams – prezidentlikka 61 yoşda saylangan

1796 yil 4 noyabrdan 7 dekabrgaça AQŞda navbatdagi prezidentlik saylovlari ötkaziladi. Unda Federalçilar vakili Jon Adams Demokratik-respublikaçilar vakili Tomas Jyefferson özaro raqobatlaşadi.

Yakunda Adams ğalaba qozonadi va AQŞning 2-prezidentiga aylanadi. Öşanda u 61 yoşda edi.

Foto: alamy.com

9. Endryu Jyekson – prezidentlikka 61 yoşda saylangan

AQŞda 1828 yil 31 oktyabrdan 2 dekabrgaça ötkazilgan prezidentlik saylovlarida Demokratik partiya vakili Endryu Jyekson va Milliy respublikaçilar partiyasi vakili Jon Kuinsi Adams özaro raqobatlaşadi.

Saylovda Endryu Jyekson ğalaba qozonadi va Jon Adamsning natijasini takrorlab, 61 yoşida AQŞning 7-prezidenti etib saylanadi.