O‘zbekiston | 10:41 / 03.08.2023
4669
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkentdan Rossiya shaharlariga – oddiy, hamyonbop, oson!

Foto: Uzbekistan Airways

Bugungi kunda Uzbekistan Airways Toshkentdan Rossiyaning Grozniy, Nijniy Novgorod, Omsk va Irkutsk kabi shaharlariga muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda. Ta’kidlash joizki, barcha yo‘nalishlar so‘nggi ikki yil ichida ochildi!

Toshkentdan Nijniy Novgorodga haftasiga ikki marta parvoz qilish mumkin, aviaqatnovlar har seshanba va shanba kunlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Shuningdek, Toshkent – Irkutsk – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa parvozlar haftasiga ikki marta – dushanba/seshanba va shanba/yakshanba kunlari (ortga qaytuvchi reyslar keyingi kunga o‘tadi) bajariladi. Toshkent va Omsk o‘rtasidagi aviatashuvlar esa har hafta, ya’ni, yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

2023 yilning 26 iyunidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Grozniy – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Toshkentdan Grozniyga muntazam reyslar dushanba va payshanba kunlari, Grozniydan Toshkentga esa seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. 

Yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va o‘zbekistonliklarning Rossiyaning Uzoq Sharq shaharlari yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda Uzbekistan Airways avgust oyining ikkinchi yarmida yangi yo‘nalish – Toshkentdan Blagoveshchenskka muntazam aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi reyslar har hafta amalga oshiriladi. Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Uzbekistan Airways Uzoq Sharq shaharlaridan biri bo‘lgan Vladivostokka muntazam reyslarni amalga oshirib kelmoqda. Parvozlar haftada ikki marta - chorshanba va yakshanba kunlari bajariladi. 

Toshkentdan Rossiya Federatsiyasining mashhur shaharlariga Uzbekistan Airways bilan sayohat qiling!

Reklama