O‘zbekiston | 12:42 / 17.08.2023
3759
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Biznes marafon” loyihasi davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan “Mfaktor” jamoasi bilan hamkorlikda respublikamizning barcha hududlarida “Biznes marafon” loyihasi o‘tkazib kelinmoqda.

Bugungi kunga qadar loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrida 10 mingdan ortiq yoshlar qamrab olindi.

Joriy yilning 18 avgust kuni Navoiy shahri, A.Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida, 19 avgust kuni Buxoro shahri, Minorai Kalon majmuasida o‘tkaziladigan “Biznes marafon” loyihasida qatnashishingiz mumkin.

Tajribali tadbirkorlar va biznes ekspertlardan qimmatli maslahatlar olish, ular bilan o‘z g‘oya va tashabbuslaringizni amalga oshirish yo‘lida hamkorlik qilish uchun “Biznes marafon” eng qulay imkoniyat.

Loyihamizning bu galgi spikerlari:

  • Hasan Mamasaidov“MFaktor” loyihasi, “Dekos.uz” kompaniyasi asoschisi;
  • Xayrulla Sattarov“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi ijro etuvchi direktori;
  • Nilufar Anvarovna“ZMB universal academy” xususiy maktabi asoschisi;
  • Umid Ishmuhammedov“Edu-action” (IELTS) ta’lim markazi, “Cambridge International University” xususiy universiteti asoschisi;
  • Gulyamov Ibrohim “Perfect Consulting Group” mas’uliyati cheklangan jamiyat ta’sischisi;
  • Azim Bayanxanov – “La Esmeralda” umumiy ovqatlanish – restoranlar tarmog‘i asoschisi.

Loyihada qatnashish mutlaqo bepul.

Mavzuga oid