Yoşlarning iş bilan ta’minlanişi, ularning iqtisodiy mustaqillikka erişişi va hayotda öz örinlarini topib ketişi iqtisodiy rivojlanişning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Bunga esa osonlikça erişib bölmaydi. Bu uçun tajriba, könikma hamda bilim talab qilinadi. “Yoşlar — kelajagimiz” jamğarmasi tomonidan an’anaviy tarzda ötkazib kelinayotgan yoşlarga biznes yuritiş könikmalarini örgatişga qaratilgan “Biznes marafon” loyihasi esa aynan şu maqsad sari qadam taşlamoqda.

Yurtimiz va xorijda muvaffaqiyatga erişgan tajribali tadbirkorlar va yoşlar iştirokida oçiq muloqot şaklida ötkazib kelinayotgan marafonning ötgan tört mavsumida (2021-2023 yillar) 110 ming nafardan ziyod yoşlar bevosita iştirok etgan bölsa, 9 million nafarga yaqin yoşlar “onlayn” tarzda kuzatib bordi.


Loyihasi davomida faol iştirok etgan yoşlarga biznes va şaxsiy rivojlanişga oid “Besseller” kitoblar, xususan, 3 ming dona bosma kitoblar tarqatildi hamda 24 ming nafar yoşlarga mobil ilova orqali elektron va audio şaklda kitoblar taqdim etildi.


Loyihaning beşinçi mavsumi 2024 yilning 1 fevral kuni Surxondaryo viloyatida start oldi. Unda Jahongir Ortiqxöjayev, Laziz Adhamov, Husan Mamasaidov hamda Umidjon Işmuhamedov kabi muvaffaqiyatli tadbirkor hamda biznesmenlar iştirok etişdi. Jarayonda esa 500 dan oşiq yoşlar qatnaşdi.


Eng e’tiborli hamda quvonarli tomoni, beşinçi mavsum davomida “Biznes marafon” loyihasi xalqaro maydonga çiqib, Turkiyaning Istanbul şahrida taşkillaştirildi.









