Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatuvchi maktablar ro‘yxati shakllantirildi
Yangi o‘quv yilida O‘zbekistonning 208 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida bu amaliyot yo‘lga qo‘yiladi.
2023-2024 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bitta kasb-hunarga o‘rgatiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi buyrug‘i bilan o‘quvchilarga o‘rgatiladigan bitta kasb-hunar turi va ular amaliyoti yo‘lga qo‘yiladigan 208 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasi ro‘yxati shakllantirildi.
Tanlab olingan maktablarda o‘quvchilar qiziqishidan kelib chiqib, quyidagi 3 yo‘nalishdan biri bo‘yicha kasb-hunar o‘rgatiladi:
- ishchi kasblar (hududning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatidan kelib chiqib, tadbirkor va hunarmandlar jalb qilingan holda 64 turda);
- tadbirkorlik (21 turdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha);
- zamonaviy kasblar (10 dan ortiq axborot texnologiyalari va kreativ industriya yo‘nalishi bo‘yicha).
2023-2024 o‘quv yilida 17 ming nafardan ortiq o‘quvchiga kasb-hunar o‘rgatish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:05 / 26.05.2026
Yangi o‘quv yilida 800 mingga yaqin bola 1-sinfga qabul qilinadi
21:17 / 07.05.2026
11 may kuni umumta’lim maktab yuqori sinflarida dars o‘tiladi – vazirlik
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
13:43 / 31.12.2025